$
 12158.59
-39.69
 14238.92
-2.57
 157.88
1.31
weather
+26
Кечаси   +14°

2025-yil yakuniga qadar AI-80 rusumli benzin sotish cheklanadi

Benzin

Prezidentning 30-yanvardagi “O‘zbekiston-2030” strategiyasini “Atrof-muhitni asrash va “yashil iqtisodiyot” yilida amalga oshirishga oid davlat dasturi to‘g‘risidagi farmoniga muvofiq, 2025-yil yakuniga qadar aholini sifatli, ekologik toza va arzon yoqilg‘i bilan ta’minlagan holda AI-80 rusumli avtomobil yoqilg‘isidan foydalanish va sotish cheklanadi.

Farmon haqida

Shavkat Mirziyoyev 2025-yil oxirigacha AI-80 rusumli avtomobil yoqilg‘isidan foydalanish va sotishni cheklash, aholini “sifatli, ekologik toza va arzon yoqilg‘i” bilan ta’minlash uchun “barcha kuch va vositalarni safarbar etish” bo‘yicha topshiriq bergan. Farmon loyihasida Yevro-4 ekologik standartidan past bo‘lgan yoqilg‘ini to‘liq taqiqlash haqida so‘z borgan. Shuningdek, joriy yil oxiriga qadar O‘zbekistonning barcha hududlarida issiqlik va elektr energiyasi ishlab chiqaruvchi korxonalar tomonidan yoqilg‘i sifatida mazutdan foydalanishni taqiqlash rejalashtirilgan, avariya va favqulodda vaziyatlar bundan mustasno.

Toshkent, Nukus shaharlari va viloyat markazlarida taqiqlangan loyihalar

Bundan tashqari, farmon bilan “keng jamoatchilik, xalqaro va mahalliy ekofaollar, Ekologik partiya, Ekologiya vazirligi takliflarini” hisobga olgan holda, 2025-yil 1-maydan boshlab Toshkent, Nukus shaharlari va viloyat markazlarida quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha yangi loyihalarni amalga oshirish taqiqlanishi topshirilgan:

  • asbest va sement ishlab chiqarish, shlam va shlaklar ishlab chiqarish;
  • teri oshlash va parrandachilik fabrikalari;
  • yuqori samarali chang tutuvchi va gaz tozalovchi inshootlar bilan jihozlanmagan holda har qanday turdagi ko‘mirni yoqish;
  • qora va rangli metallurgiya zavodlari, tarkibida zaharli aralashmalar va zaharli kimyoviy moddalar mavjud bo‘lgan shisha ishlab chiqarish;
  • xavflilik darajasi bo‘yicha I va II toifaga kiritilgan chiqindilarni qayta ishlash va yoqish korxonalari.
Теги :
Jamiyat