$
 12198.28
-30.3
 14241.49
-41.49
 156.57
0.61
weather
+26
Кечаси   +14°

Dunyoda benzin narxi eng arzon bo‘lgan davlatlar qaysilar?

benzin

Dunyoda benzin narxlari bir-biridan katta farq qiladi. Ba'zi mamlakatlar, xususan, neftni ko'plab ishlab chiqaradigan va eksport qiluvchi davlatlar, benzinni juda past narxlarda sotishadi. 2023-yil 25-noyabrda e'lon qilingan “Global Petrol Prices” statistikasi orqali, dunyodagi eng arzon benzin narxlariga ega davlatlar haqida ma'lumotlar keltirildi. Xoʻsh, qaysi davlatlar benzinni eng arzon narxlarda sotishadi?

Eng arzon benzin qaysi mamlakatlarda?

Eron, Liviya va Venesuella dunyoda eng arzon benzin narxlariga ega bo‘lgan davlatlar sifatida tanilgan. Eron, 1 litr benzinni atigi 0,02 dollar narxda sotmoqda. Liviyada va Venesuella ham benzinning narxi juda past bo‘lib, ularning narxi 0,03 dollarni tashkil qiladi.

Boy va qashshoq mamlakatlar o‘rtasidagi farq

Benzin narxining farqi ko‘pincha mamlakatlarning iqtisodiy holatiga, ular o‘z ishlab chiqarayotgan neftga va soliq siyosatiga bog‘liq. Boy davlatlarda odatda benzin narxi yuqori bo‘lsa, qashshoq va neft ishlab chiqaruvchi mamlakatlarda narxlar past bo‘ladi. Bu farqning sababi, ko‘pincha davlatlarning neftga bo‘lgan soliq siyosatida yotadi.

Benzin narxlari dunyo bo‘yicha

Dunyoda benzin eng qimmat narxlarda sotiladigan davlatlar orasida Hong Kong (3,30 dollar), Monako (2,23 dollar) va Islandiya (2,19 dollar) yetakchilik qiladi. Bu davlatlarda benzin narxining yuqoriligi turli soliq va boshqa iqtisodiy omillarga bog‘liq.  

O‘zbekiston va Markaziy Osiyoda benzin narxlari

O‘zbekiston 1 litr benzinning narxi 0,99 dollar bo‘lib, bu dunyodagi o‘rtacha narxga to‘g‘ri keladi. Markaziy Osiyo mamlakatlari orasida eng arzon benzin Turkmanistonda (0,42 dollar) va Qozog‘istonda (0,49 dollar) sotiladi. Tojikistonda benzin narxi haqida ma'lumotlar esa hali aniqlanmagan.

Benzin narxi eng arzon davlatlar Top-10 taligi

Maʼlumot uchun, sentyabr oyida AI-95 benzini narxi eng past boʻlgan davlatlar roʻyxatida Turkmaniston top oʻntalikka kirgan boʻlsa, Markaziy Osiyo davlatlari ichida birinchi oʻrinni qayd etgan edi. Unga koʻra, Turkmanistonda benzinning bir litri uchun narxi 0,0429 AQSh dollari boʻlgan.

Markaziy Osiyo davlatlarining benzin narxi boʻyicha koʻrsatkichi:

Turkmaniston – 0,0429 dollar (dunyo boʻyicha 8-oʻrin)

Qozogʻiston – 0,507 dollar (11-oʻrin)

Qirgʻiziston – 0,874 dollar (30-oʻrin)

Oʻzbekiston – 0,986 dollar (42-oʻrin)

Joriy yilning 2-sentyabr holatiga koʻra, dunyoda Ai-95 benzinining oʻrtacha narxi bir litr uchun 1,31 dollarni tashkil etadi. Benzin narxining bunday oʻzgarishi koʻp jihatdan yonilgʻi soligʻining milliy tuzilmalari va subsidiyalash siyosatidagi farqlar bilan izohlanadi.