$
 12149.84
7.74
 14003.91
-76.07
 151.10
0.57
weather
+26
Кечаси   +14°

Narx oshirilishdan avval keskin defitsit yaratiladi — Ekspert

Benzin

Bugun tongda Toshkentda AI-80 avtobenzini 7 000 ming so‘mdan sotilishni boshladi. Ma’lum bo‘lishicha, ayrim xususiy AYOQSHlarda bu narx 8500 so‘mni ham tashkil qilmoqda. Energetika vazirligi tongda brifing orqali vaziyatni izohlab bergach, mavzu yuzasidan turli mushohadalar yangrashni boshladi. 

Monopolistlarining metodikasi 

Energetika vaziri o‘z bayonotida 25-fevral kuni 609 ta "zapravka" 3 899 ming kub gaz sotganini ma’lum qildi. Bu bitta "zapravka"ga 6,4 ming kubdan to‘g‘ri keladi degani. Bundan avvalroq 22-fevral kuniga taalluqli ma’lumotga ko‘ra, bitta "zapravka" 6,7 ming kubdan gaz tarqatgandi. Aniqlanishicha, O‘zbekneftgaz kecha AYOQSHlarga 4 barobar kam, 1 073 tonna benzin yetkazib bergan. 22-fevral kuni esa AYOQSHlarga yetkazilgan benzin 4 332 tonnani tashkil etgan. Ushbu vaziyatni iqtisodchi bloger Otabek Bakirov o‘z sahifasida quyidagicha izohladi. "Kecha kuni bo‘yi va bugun ertalabdan kilometrlik navbatlarning sababini shu raqamlardan ham ko‘rish mumkin. O‘zbek monopolistlarining yoqimli metodikasiga ko‘ra narx oshirilishdan avval keskin defitsit yaratiladi. Bu safar ham xuddi shunday bo‘lgan."

Kulgili izoh 

Shundan so‘ng O‘zbekneftgaz mulozimi yana so‘zga kirib, tarmoqlarda muhokama bo‘layotgan mavzularga aniqlik kiritishga urindi. "Juma kuni 4 ming tonna, yakshanba kuni ming tonna berdi, 4 barobar kam, deb talqin qilyaptilar. Aslida unday emas. Odatda, shanba va yakshanba kunlari dam bo‘lgani uchun u kunlarda berilmagan. Lekin shu kunlarda AYOQSHlardagi navbatlarni inobatga olib, aksincha yakshanba kuni ham qo‘shimcha mahsulot berilgan", degan korxona xodimi. Ushbu izohga bloger yana mazaxomuz munosabat bildirdi. "O‘zbekneftgaz so‘zchisiga ko‘ra, dam olish kunlari AYOQSHlarga benzin bermasayam bo‘laverarkan. Bular qanaqadir boshqa sayyorada yashashadi, rostanam. Bularning nazdida, dam olish kunlari o‘zbekistonliklar uydan chiqmay o‘tirishadi yoki vertolyotda Amirsoyga yoki 100 markali benzin quyilgan Mersda Kumushkonga dam olgani ketishadi." 

Barcha yo‘llar shimolga olib boradi 

Oradan birmuncha vaqt o‘tgach, O‘zbekneftgaz vaziyatning asl sababini ochiqlashga majbur bo‘ldi. "Ha, narx 200 so‘mga qimmatlaganini tasdiqlaymiz. Bu import benzini narxi oshgani bilan bog‘liq. Benzinning 60 foizi o‘zimizda ishlab chiqarilsa, 40 foizi import qilinadi. Rossiya narxni oshirgani uchun bizda ham narx qimmatladi.", deya ma’lumot bergan O‘zbekneftgaz xodimi. Bunga javoban iqtisodchi uchta banddan iborat munosabat bildirdi. Ular quyidagilar: 1. O‘zbekneftgaz monopolist ishlab chiqaruvchidan, monopolist olib-sotarga aylanib bo‘lgan. Xuddi O‘zavtomotors olib-sotar chayqovchiga aylangani singari. 2. Neft va benziniga sanksiya tushgan Rossiya Hindistondan tortib, Xitoygacha skidka berayotgan bo‘lsa, O‘zbekistonga narxni oshirmoqda. Demak, avval yozganimizdek, o‘zbek iste’molchilarini monopolistga qo‘shilib endi shimoldagi oligarxlar ham talamoqda. 3. 500 km radiusda g‘arbda qardosh Turkmaniston va Ozarbayjon, shimolda do‘st Qozog‘iston turib 3000 km naridagi sevimli og‘alaridan 80 benzin tashiyotganlarni O‘zbekistonliklarga, milliy manfaatlarga xayrixoh va do‘st deb aytish juda qiyin. Buni yodda tutish kerak.

Теги :
Jamiyat