$
 12803.06
26.0
 13902.84
-17.77
 131.84
0.4
weather
+26
Кечаси   +14°

AI 80 benzin 8 500 — 9 000 so‘m narx atrofida sotilishi mumkin

AI 80

16-oktyabr kungi birja savdolarida eng arzon benzin markasining bir tonnasi ulgurji narxda 10 mln. 31 ming so‘mni tashkil etgan.

40 foiz

Bu o‘z-o‘zidan bir litr benzinning birjadagi ulgurji narxi taxminan 7530 so‘m atrofida demakdir. Unga qo‘shimcha transportirovka xarajatlari, soliqlar va ustiga qo‘yiladigan foydani qo‘shib hisoblansa, AYOQSHlarda ushbu turdagi benzin bir litr uchun 8500-9000 so‘m narx atrofida sotilish ehtimoli yuqori. Shunday qilib, dunyoda benzin arzonlashib borayotgan bir vaqtda O‘zbekistonda AI 80 markali benzin birjada bir yil ichida salkam 40 foizga qimmatladi.

Bir yil oldingi vaziyat

Bundan avval to‘liq voz kechish 2028-yildan keyinga qoldirilgan AI 80 markasidagi benzin kotirovkalari yana rekordlarni yangilayotganini ma’lum qilgandik. 9-oktyabr kunidagi savdolarda 80 shiptirning tonnasi 78,1 ming so‘mga oshib, o‘rtacha 9 725,8 ming so‘mga chiqqan. Bir yil avval 80 shiptirning tonnasi o‘rtacha 7 227,5 ming so‘mdan sotilgan. Iqtisodchilarning fikrlariga ko‘ra, o‘tgan yilning shu davrida neft barreli 86 dollar bo‘lgan, hozirda 77 dollar. “Ya’ni o‘zbekistonliklarni talayotgan muttahamlarning o‘sha qoidasi amaldlarna: Butun dunyoda neft narxi oshsayam, tushsayam, O‘zbekistonda benzin qimmatlaydi” , — deb yozadi iqtisodchi.

Nima uchun AI 80dan voz kechilmaydi?

“Endi tushungandirsiz, nima uchun energetikadagi monopolist va oligarxlar 80 shiptirdan voz kechmayotgani sababini? Axir tabiat va odamlar zaharlayotgan, normal davlatlar 20 yil avval voz kechgan bu suyuqlik ochofat monopolist va o‘g‘ri oligarxlar uchun tilla tug‘adigan g‘oz misoli. Ularning millat sog‘lig‘i va mamlakat ekologiyasiga tupurib qo‘ygani bor” , — deya yozadi iqtisodhi bloger. Shuningdek, iqtisodchi yopiq imtiyozlar bilan UNG Petro zapravkalarida sotilayotgan 6 900 so‘mlik 80 shiptir viloyatlarda allaqachon yo‘q ekanligini, vitrina poytaxtda ham faqat ertalabdan uzun navbatda turib olish mumkinligini hamda tushdan keyin umuman mavjud bo‘lmasligini qayd etgan. Yana ma’lum qilinadiki, birjadan benzin olayotgan shoxobchalarda 80 shiptir poytaxtda 7 800 so‘mdan, viloyatlarda esa 8 000 so‘mdan oshgan.16-oktyabr kungi birja savdolarida eng arzon benzin markasining bir tonnasi ulgurji narxda 10 mln. 31 ming so‘mni tashkil etgan.

Теги :
Жамият
Иқтисодиёт