$
 12803.06
26.0
 13902.84
-17.77
 131.84
0.4
weather
+26
Кечаси   +14°

Butun dunyoda neft narxi oshsa ham, tushsa ham O‘zbekistonda benzin qimmatlaydi — iqtisodchi

Benzin

Ma’lum bo‘lishicha, O‘tgan kungi birja savdolarida AI 80 benzining tonnasi yana 78,1 ming so‘mga qimmatlab, 9 725,8 ming so‘mga chiqqan. O‘tgan bir yil davomida AI 80 markasidagi benzinning narxi 35 foizga qimmatlashdi.

1 yillik o‘zgarish

To‘liq voz kechish 2028-yildan keyinga qoldirilgan AI 80 markasidagi benzin kotirovkalari oxirgi 2 kunda rekordlarni yangilamoqda. Kechagi savdolarda 80 shiptirning tonnasi yana 78,1 ming so‘mga oshib, o‘rtacha 9 725,8 ming so‘mga chiqqan. Bir yil avval 80 shiptirning tonnasi o‘rtacha 7 227,5 ming so‘mdan sotilgan. Ya’ni, rosa 1 yil davomida 80 shiptir narxi 35%ga qimmatlagan.

Neft ta’siri

Iqtisodchining fikrlariga ko'ra, o‘tgan yilning shu davrida neft barreli 86 dollar bo‘lgan, hozirda 77 dollar. “Ya’ni o‘zbekistonliklarni talayotgan muttahamlarning o‘sha qoidasi amalda: Butun dunyoda neft narxi oshsayam, tushsayam, O‘zbekistonda benzin qimmatlaydi” , — deb yozadi iqtisodchi. 

Tilla tug‘adigan g‘oz” 

“Endi tushungandirsiz, nima uchun energetikadagi monopolist va oligarxlar 80 shiptirdan voz kechmayotgani sababini? Axir tabiat va odamlar zaharlayotgan, normal davlatlar 20 yil avval voz kechgan bu suyuqlik ochofat monopolist va o‘g‘ri oligarxlar uchun tilla tug‘adigan g‘oz misoli. Ularning millat sog‘lig‘i va mamlakat ekologiyasiga tupurib qo‘ygani bor” , — deya yozadi iqtisodhi bloger. 

Shuningdek, iqtisodchi yopiq imtiyozlar bilan UNG Petro zapravkalarida sotilayotgan 6 900 so‘mlik 80 shiptir viloyatlarda allaqachon yo‘q ekanligini, vitrina poytaxtda ham faqat ertalabdan uzun navbatda turib olish mumkinligini hamda tushdan keyin umuman mavjud bo‘lmasligini qayd etgan. Yana ma’lum qilinadiki, birjadan benzin olayotgan shoxobchalarda 80 shiptir poytaxtda 7 800 so‘mdan, viloyatlarda esa 8 000 so‘mdan oshgan.

Теги :
Иқтисодиёт