$
 12910.15
-14.77
 14660.77
40.1
 159.78
-0.16
weather
+26
Кечаси   +14°
powerads

O‘qituvchilar bayram munosabati bilan oladigan mukofot pulidan ham mahrum bo‘ldi(mi?)

o

“1-oktyabr — O‘qituvchi va murabbiylar kuni” munosabati bilan hamma o‘qituvchilar 100 foiz mukofot puli oladimi? Mutaxassisning javobida yozilishicha, eski amaliyot bo‘yicha taʼlim muassasalaridagi o‘qituvchilar ko‘rsatgan natijalariga qarab kalendar yili davomida navbatma-navbat lavozim maoshining 100 foizigacha miqdorda pul mukofoti bilan rag‘batlantirilar edi.

Biroq Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 2-avgustdagi 425-sonli qarori bilan ushbu tartibga cheklov o‘rnatilgan.

Yangi tartib qanday?

Yangi tartibga ko‘ra, umumtaʼlim muassasalari xodimlari, shu jumladan, rahbar xodimlari faqatgina “1-oktyabr — O‘qituvchi va murabbiylar kuni” munosabati bilan mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorining 50 foizigacha, yaʼni 525 ming so‘m (1-oktyabrdan 577 500 so‘m) miqdorida mukofotlanishi mumkin.

Taʼkidlanishicha, hamma o‘qituvchilar bayram munosabati bilan mukofotlanishi ish beruvchi (maktab direktori, XTB mudiri) hamda xalq taʼlimi bo‘limlarining buxgalter va iqtisodchilariga bog‘liq.

Hamma pedagoglar ham mukofotlanmaydi

“Katta ehtimol bilan xalq taʼlimi bo‘limi iqtisodchilari barcha maktabning 100 foiz pedagog xodimlarini pul mukofoti bilan rag‘batlantirilishiga rozi bo‘lmasa kerak”, deyiladi Yurist xizmati xabarida.

Mutaxassisning javobiga ko‘ra, bordi-yu yuqori tashkilotlardan o‘qituvchilarni bayram munosabati bilan mukofotlash to‘g‘risida alohida ko‘rsatma berilsagina, buni amalga oshirish mumkin. Bunday bo‘lmasa, ularni 100 foiz moddiy rag‘batlantirish juda qiyin masala.

Xulosada keltirilishicha, agar maktabning direktor jamg‘armasida yetarli mablag‘lar mavjud bo‘lsa, hamma xodimlarga birdaniga mukofot puli berilishi mumkin. Agar mablag‘ yetarli bo‘lmasa, xodimlarning maʼlum qismi bu yil mukofot ololmaydi.

Теги :
Jamiyat
Iqtisodiyot