$
 12178.85
49.84
 14053.18
84.2
 146.54
-1.45
weather
+26
Кечаси   +14°

Eng baxtli davlatlar reytingi: Boy davlatlar nega baxtsizroq?

Baxt

2026-yilgi Jahon baxti hisobotiga ko‘ra, Finlyandiya yana dunyodagi eng baxtli davlat bo‘ldi. Ro‘yxatda shimoliy davlatlar odatdagidek yuqori o‘rinlarni egallagan bo‘lsa-da, bu yilgi ro‘yxatda kutilmagan natijalar ham kuzatildi.

Masalan, Kosta-Rika dunyoda 4-o‘rinni egallagan bo‘lsa, Meksika esa ko‘plab undanda boy davlatlardan ham o‘zib ketdi. Bu misollar odamlar orasidagi ishonch, jamiyatdagi birlik hissi va kundalik hayot sifati daromad darajasidan kam rol o‘ynamasligini ko‘rsatadi.

Finlyandiya nega doim yetakchi?

Finlyandiya o‘zining uzoq yillik liderligini saqlagan holda 10 balldan 7,8 ball olib, yana birinchi o‘rinni egalladi. Uning doimiy birinchi o‘rinda bo‘lishi kuchli davlat tizimlari, yuqori darajadagi ishonch va rivojlangan ijtimoiy himoya tizimiga ega davlatlar odatda hayotdan qoniqish reytingida yuqori o‘rinlarni egallashini ko‘rsatadi.

Bu ayniqsa shimoliy davlatlarga xos bo‘lib, u yerda nisbatan yuqori daromadlar past tengsizlik bilan birga keladi, davlat xizmatlari hammaga ochiq va qulay bo‘ladi hamda jamiyatda bir-biriga yaqinlik va birlik yuqori darajada bo‘ladi. Aynan shu omillar odamlarning o‘zini baxtli his qilishiga bevosita ta’sir qiladi.

Kosta-Rika (4-o‘rin) va Meksika (12-o‘rin) bu borada yaqqol misol bo‘la oladi, chunki ular baxt darajasi bo‘yicha Irlandiya, Avstraliya va Germaniya kabi o‘zidan ancha boy davlatlardan ham ancha oldinda turibdi. Bu esa odamlar orasidagi ijtimoiy aloqalar, turmush tarzi va boshqa muhim omillar katta ahamiyatga ega bo‘lib, ularni faqat YaIM kabi iqtisodiy ko‘rsatkichlar orqali to‘liq baholab bo‘lmasligini isbotlaydi.

Baxt darajasi qanday hisoblanadi? 

Bu hisobotning asosida “Kantril zinapoyasi” deb ataladigan maxsus o‘lchov bor, u 0 dan 10 gacha bo‘lgan shkala bo‘lib, uning yordamida 147 ta davlatdagi odamlarning hayotdan qanchalik mamnunligi baholanadi. Tadqiqotda 100 mingdan ortiq odam qatnashadi va yakuniy natijalar 2023–2025-yillar davomida o‘rtacha qilib hisoblanadi, bu esa umumiy farovonlik darajasini aniqroq ko‘rsatishga va xatoliklarni kamaytirishga yordam beradi. Shu bilan birga, yuqori daromad har doim ham odamlarning hayotdan ko‘proq mamnun bo‘lishini anglatmaydi.

Boy davlatlarda baxt “to‘xtab qoldi”

Ko‘plab rivojlangan davlatlar, jumladan AQSh, Kanada, Buyuk Britaniya va G‘arbiy Yevropaning katta qismi baxt darajasi bo‘yicha 6,7–6,9 ball oralig‘ida jamlangan bo‘lib, bu albatta dunyo miqyosida yuqori ko‘rsatkich hisoblanadi. Ammo natijalarning bir-biriga juda yaqinligi boy davlatlarda baxt hissi ma’lum darajada to‘xtab qolganligini ko‘rsatadi. Shu bilan birga, Sharqiy Yevropadagi ayrim davlatlar, masalan Polsha va Estoniya, asta-sekin reytingda yuqorilab bormoqda va bu u yerda yashash sharoiti hamda ijtimoiy muhit yaxshilanayotganidan dalolat beradi. Rossiya esa 5,8 ball bilan dunyoda 79-o‘rinni egallagan. Osiyoda esa eng baxtli davlat sifatida Tayvan 26-o‘rinni band qilib turibdi. Tayvan Yaponiya (61-o‘rin) va Xitoydan (65-o‘rin) ancha yuqorida joylashgan. Afrikada esa Mavrikiy yetakchi bo‘lib, bunga korrupsiyaning nisbatan pastligi va odamlarning uzoq umr ko‘rishi sabab bo‘layotgan bo‘lishi mumkin.

Теги :
Jamiyat