$
 12632.22
22.05
 13478.58
-48.35
 134.39
-0.85
weather
+26
Кечаси   +14°

“Kimni chaqirasan endi?”: Toshkentlik sartarosh uzr so’rab chiqdi

Barber

Ijtimoiy tarmoqlarda sartarosh viloyatlik mijozining sochini jahl ustida kalga olib tashlagani aks etgan video ko’plab noroziliklarga sabab bo’ldi. Tasvirlarda mijoz sochi va soqolini qanday olishni to’g’ri tushuntirgani uchun sartarosh yigitning sochini kalga olib tashlash orqali qasd olganini ko’rish mumkin.

Yigit bobosining qo’lida ishlagan

 Sartarosh yigitning sochini kalga olishdan oldin mijozidan nima ish qilishini ham so‘rab olgan. Yigit bobosining qo‘lida ishlashini aytgan. Videoda sartarosh “Kimni chaqirasan endi, buvingni chaqirasanmi?” - deya do’q ham qilgan. Mijoz shunda ham undan uzr so‘ragan va adashganini ta'kidlagan.

Voqea aslida qanday bo’lgan?

Sartarosh qilgan ishiga shunday izoh berdi: “Xizmat vaqtimda menga notanish bo‘lgan fuqaro soch oldirish uchun keldi. Sochingni olaymi, soqolingnimi, deb 3-4 marta so‘radim. U sochimni oling, soqolimni oling, dedi. Jahl ustida qizishib ketib kalga olib tashladim. Uning o‘zidan, ota-onasi, aka-ukalari, yaqinlaridan uzr so‘rayman. Holat bo‘yicha har qanday jazoga roziman. Qilgan ishimdan pushaymonman. O‘zbekiston xalqidan uzr so‘rayman”, degan u.

Voqea 2022-yilda sodir bo’lgan

Viloyat IIBBga xabariga ko‘ra, holat 2022-yilning oktyabr oyida sodir bo‘lgan. Video ijtimoiy tarmoqlarga tarqalguniga qadar yoki o‘tgan davr mobaynida IIOga murojaat kelib tushmagan. Holat yuzasidan belgilangan tartibda qonuniy chora ko‘rilib, natijasi bo‘yicha jamoatchilikka axborot berilishi aytildi.

Qonuniy chora ko’rilishi ta’minlanadi

“Toshkent tumanida yashovchi sartaroshning xatti-harakatlari Toshkent viloyati IIBB nazoratida tuman ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan o‘rganilgan va qonuniy chora ko‘rilishi ta’minlanmoqda”, deydi viloyat IIBB.

Теги :
Жамият