Dam olish kunlari qaysi banklar ishlaydi?
1-2-avgust ya’ni shanba va yakshanba kunlari O‘zbekistondagi bir qator tijorat banklarida valyuta ayirboshlash va xalqaro pul o‘tkazmalari shoxobchalari o‘z faoliyatini davom ettiradi. Bu haqda Markaziy bank matbuot xizmati ma’lum qildi.
1 daqiqa o‘qiladi

Xizmat ko‘rsatuvchi banklar ro‘yxati
Dam olish kunlari quyidagi 20 ta bank filiallarida valyuta operatsiyalarini amalga oshirishingiz mumkin:
- Agrobank
- Anorbank
- APEX BANK
- Asakabank
- Biznesni rivojlantirish banki
- Garant bank
- Hamkorbank
- Hayot bank
- InfinBank
- Ipoteka-bank
- Ipak Yo‘li Bank
- Mikrokreditbank
- Orient Finance Bank
- Poytaxt bank
- Trastbank
- Tenge bank
- Xalq banki
- Saderat bank
- O‘zmilliybank
- O‘zsanoatqurilishbank
Mobil va avtomatik xizmatlar
Bank bo‘limlariga bormasdan ham 24/7 rejimida ishlovchi avtomatlashtirilgan valyuta bankomatlari orqali naqd pulni ayirboshlash hamda kunning istalgan vaqtida banklarning rasmiy mobil ilovalari yordamida onlayn valyuta operatsiyalarini amalga oshirish imkoniyati mavjud.