$
 12175.34
4.67
 14063.74
15.14
 154.29
1.99
weather
+26
Кечаси   +14°

Yil boshidan beri terminallar orqali 209,4 trln. soʻm tushum tushgan

kartalar

Markaziy bank tomonidan taqdim etilgan ma’lumotlarga koʻra, 2024-yilning 1-sentyabr holatiga muomaladagi bank kartalari soni 52.2 mln. tadan oshgan. Shundan, avgust oyida qariyb 1,3 mln. ta karta chiqarilgan boʻlib, ularning 330,5 mingtasi Xalq banki va 328,8 mingtasi TBS bank tomonidan emissiya qilingan. 

Yil boshidan terminallar orqali qariyb 209,4 trln. soʻm tushumlar tushgan

Shuningdek, bankomat va infokiosklar soni 28.033 tani, oʻrnatilgan toʻlov terminallari soni esa 423.714 tani tashkil qilgan.

Bundan tashqari, terminallar orqali tushgan tushumlar avgust oyida 27,4 trln. soʻmdan oshgan va yil boshidan tushgan tushumlar qariyb 209,4 trln. soʻmni tashkil qilgan.

Muomalaga chiqarilgan kartalar boʻyicha top-5 banklar:

• Xalq banki – 11.629 mingta;

• Agrobank – 4.937 mingta;

• Ipoteka-bank – 4.407 mingta;

• TBC Bank – 4.101 mingta;

• Ipak Yo‘li banki – 2.787 mingta.

Bankomat va infokiosklar oʻrnatish boʻyicha top banklar:

• Xalq banki – 3 093 ta;

• Agrobank – 2 152 ta;

• Kapitalbank – 1 681 ta;

• Ipak Yoʻli banki – 892 ta.

Undan keyingi o‘rinlarni Ipoteka-bank(812 ta), Milliy bank(780 ta), O‘zsanoatqurilishbanki(714 ta), Invest Finance bank(712 ta) hamda Hamkorbank(668 ta)lar egallagan.