Shanba, 24-oktabr, 2026
Havo 67 o‘rtacha Tirbandlik xaritasi
☀ +12° kechasi +6°

“To‘lovlar”ni jo‘natishdagi muammolarga nima sabab bo‘lgani ma’lum bo‘ldi

Internetda to‘lov topshiriqnomalarini yuborishda muammolar bo‘layotgani haqidagi xabarlar paydo bo‘ldi. Soliq qo‘mitasi bunga izoh berdi.

1 daqiqa o‘qiladi

“To‘lovlar”ni jo‘natishdagi muammolarga nima sabab bo‘lgani ma’lum bo‘ldi

Internetda to‘lov topshiriqnomalarini yuborishda muammolar bo‘layotgani haqidagi xabarlar paydo bo‘ldi. Soliq qo‘mitasi buni ayrim banklar ogohlantirmasdan yangi axborot tizimlariga o‘tgani bilan izohlab, banklarga ogohlantirishlar yubordi.

To‘lov topshiriqnomalari o‘zi nima?

To‘lov topshiriqnomalari — mijozning unga xizmat ko‘rsatuvchi bankka ma’lum bir summani o‘z hisobidan boshqa hisobraqamga o‘tkazish to‘g‘risidagi topshirig‘i. Bu yetkazib beruvchilar va xaridorlar, soliq rezidentlari va soliq organlari (soliqlar, yig‘imlar, jarimalar va boshqalar), ish beruvchilar va xodimlar (ish haqi, bonuslar) o‘rtasida operatsiyalarni amalga oshirish uchun zarur.

Ayrim banklar yangi axborot tizimlariga o‘tgan

Tashkilot ma’lumotlariga ko‘ra, sentabr oyidan boshlab ayrim banklar yangi axborot tizimlariga o‘tgan va bu haqda Soliq qo‘mitasiga xabar bermagan.

Qayd etilishicha, dasturchilar banklar tomonidan qo‘llanayotgan tizimlarga o‘zgartirishlar kiritmoqda, shu sababli ba’zi to‘lov topshiriqnomalari ijrosiz qaytarilmoqda.

4287 ta topshiriqnomadan 740 tasi bajarilmagan

Masalan, shu oy boshidan buyon Tenge bank 2439 ta topshiriqnomadan 413 tasini va “Kapitalbank” 4287 ta topshiriqnomadan 740 tasini bajarmasdan qaytargan, deyiladi qo‘mita xabarida.

Soliq qo‘mitasi huzuridagi Yirik soliq to‘lovchilar bo‘yicha hududlararo davlat soliq inspeksiyasi tomonidan majburiyatlarini o‘z vaqtida bajarmagan banklar mavjud kamchiliklarni zudlik bilan bartaraf etish va Soliq kodeksida belgilangan javobgarlik choralari to‘g‘risida rasman ogohlantirildi.