Dushanba, 19-oktabr, 2026
Havo 92 o‘rtacha Tirbandlik xaritasi
☀ +23° kechasi +9°

Banklarga developerlardan ko‘chmas mulklarni to‘g‘ridan to‘g‘ri sotib olish huquqi beriladi

Oxirgi uch yilda 3 mingta ko‘p qavatli uy foydalanishga topshirildi, 38 million kvadrat metr noturar joylar paydo bo‘ldi.

1 daqiqa o‘qiladi

Banklarga developerlardan ko‘chmas mulklarni to‘g‘ridan to‘g‘ri sotib olish huquqi beriladi

O‘zbekiston tijorat banklari developerlardan tijoriy ko‘chmas mulklarni to‘g‘ridan to‘g‘ri sotib olish huquqiga ega bo‘ladi. Bu haqda 7- fevral kuni bo‘lib o‘tgan prezident raisligidagi yig‘ilishda aytildi.

Uch yilda 3 mingta uy

Oxirgi uch yilda 3 mingta ko‘p qavatli uy foydalanishga topshirildi, 38 million kvadrat metr noturar joylar paydo bo‘ldi.

Developerlarga yangi massivlar hududining 10—15 foizini noturar toifaga o‘tkazishga ruxsat berildi. Ular bu mulkni sotishdan, savdo va servis tarmoqlari esa ijaraga yoki lizingga olishdan manfaatdor. Lekin ularni bir-biriga bog‘lovchi tizim yo‘q.

Natija qanday boʻladi?

Bu borada banklarning developerlardan mulklarni to‘g‘ridan to‘g‘ri sotib olish va tadbirkorlarga qulay shartlarda ijara yoki lizingga berish taklifi ma’qullandi.

Bu orqali 50 ming kvadrat metrli noturar joylar muomalaga kiradi, budjetga 70 milliard so‘m tushum va 100—150 ming ish o‘rni yaratiladi. Eng muhimi, lizing shartlari ijaraga nisbatan kamida 15-20 foiz arzon bo‘ladi.

Mutasaddilarga developerlar bilan ishlab, noturar joylarni o‘ziga biriktirilgan sohalarda lizingga berish bo‘yicha 4 trillion so‘mlik loyihalar paketini tayyorlash topshirildi.