O‘zbekiston banklarini kelgusi ikki yilda qanday xavflar kutmoqda?
Qo‘shimcha qilinishicha, kreditlashning agressiv kengayishi, raqobatning kuchayishi, jumladan, xorijiy o‘yinchilarning faol kirib kelishi, shuningdek, hali shakllanmagan risklarni boshqarish madaniyati jadal o‘sib borayotgan banklar aktivlarining sifati uchun jiddiy sinov bo‘ladi.
1 daqiqa o‘qiladi

Standard and Poor’s xalqaro reyting agentligi “Markaziy Osiyo va Kavkaz mamlakatlari banklarining 2025-yilgi istiqbollari” hisobotini eʼlon qildi.
Unda taʼkidlanishicha, O‘zbekiston banklari kelgusi ikki yil ichida moliyaviy ommaboplikning pasayishi va uy xo‘jaliklarining daromadi pastligiga kabi muammolarga duch kelishi mumkin.

Risk darajasi yuqori bo‘lgan segmentlar ko‘paygan
Qayd etilishicha, O‘zbekistonda isteʼmol va mikrokreditlar ulushining oshishi bank kredit portfelida risk darajasi yuqori bo‘lgan segmentlarning ko‘payganidan dalolat beradi.
Maʼlum qilinishicha, banklar operatsiyalar marjinalligini oshirish maqsadida taʼminotsiz isteʼmol kreditlari hajmini hamda kichik va o‘rta biznesni moliyalashtirishni kengaytirishda davom etmoqda.
Aktivlar sifati uchun jiddiy sinov
Qo‘shimcha qilinishicha, kreditlashning agressiv kengayishi, raqobatning kuchayishi, jumladan, xorijiy o‘yinchilarning faol kirib kelishi, shuningdek, hali shakllanmagan risklarni boshqarish madaniyati jadal o‘sib borayotgan banklar aktivlarining sifati uchun jiddiy sinov bo‘ladi.
Maʼlumotlarga ko‘ra, regulyator tomonidan 2023-yildan boshlab ko‘rilgan chora-tadbirlar chakana kreditlashning jadal o‘sishini to‘xtatib, 2024-yilda uning surʼatini 20 foizgacha pasaytirishga imkon berdi, avvalgi yillarda bu ko‘rsatkich taxminan 50 foizga yetgan edi.



