Qaysi banklarda muammoli kreditlar ko‘proq?
Muammoli kreditlarning asosiy qismi davlat banklariga to‘g‘ri kelmoqda – 14,6 trillion so‘m.
1 daqiqa o‘qiladi

Sentyabr davomida O‘zbekistondagi banklarda muammoli kreditlar (NPL) ulushi o‘zgarmadi va 21,5 trln. so‘m ko‘rinishida qoldi. Umumiy ajratilgan kreditlar tarkibida NPL ulushi 4,2 foiz ko‘rinishida saqlanib qolmoqda. Bunday kreditlarning 14,6 trln. so‘mi davlat banklariga, 6,9 trln. so‘mi xususiy banklarga to‘g‘ri keladi.
Eng ko‘p qaytarilmayotgan krediti bor banklar:
• “Ipoteka bank” — 4,3 trln so‘m (+287,8 mlrd.);
• “Milliy bank” — 3 trln so‘m (-436,1 mlrd.);
• SQB — 2,15 trln so‘m (-200,4 mlrd.);
• “Agrobank” — 2,1 trln so‘m (+144,5 mlrd.).
Muammoli kredit toifalari
Banklar kreditlarini to‘lash qobiliyatiga qarab uch toifaga bo‘ladilar:
• Qoniqarsiz kreditlar: to‘lovlar kechikkan bo‘lsa-da, qaytarilish ehtimoli bor kreditlar.
• Shubhali kreditlar: qaytarilishi noma’lum va risk yuqori bo‘lgan kreditlar.
• Umidsiz kreditlar: qaytarilishi deyarli imkonsiz bo‘lgan, juda xavfli kreditlar.
Xususiy banklar
Xususiy banklar orasida ham muammoli kreditlar mavjud. Masalan, Oriеnt Finаns bank va Tenge bank qoniqarsiz toifada bo‘lib, ular qaytarilmayotgan kreditlar ulushini minimal darajada saqlashga harakat qilmoqda.
Muammoli kredit o‘zi nima?
Ma’lumot uchun, muammoli kreditlar (NPL, Non-performing loan, ishlamaydigan kreditlar) to‘lash muddati 90 kundan oshib ketgan hamda qoniqarsiz, shubhali va umidsiz deya toifalanuvchi kreditlarni o‘z ichiga oladi.



