$
 12097.33
-31.13
 14233.72
-70.59
 160.53
1.49
weather
+26
Кечаси   +14°

O‘zbekiston aholining bandlik darajasi bo‘yicha dunyoda nechanchi o‘rinda?

Bandlik

O‘zbekiston aholining bandlik darajasi bo‘yicha dunyodagi 187 mamlakat ichida 114-o‘rinni egalladi. Bu haqda Xalqaro mehnat tashkilotining (XMT) 2025 yilgi tadqiqotida keltirilgan.

55 foiz

Qayd etilishicha, O‘zbekistonda bandlik darajasi 55 foizni tashkil etgan, ya’ni mehnatga layoqatli fuqarolarning yarmidan sal ko‘prog‘i iqtisodiy faoliyatga jalb qilingan.

Bandlik darajasi mehnat bozori holatining asosiy ko‘rsatkichlaridan biridir. U 15 yoshdan katta aholi orasida ishlovchi fuqarolar ulushini aks ettiradi va XMT tomonidan milliy statistika xizmatlari ma’lumotlari asosida hisoblanadi.

XMT ekspertlarining ta’kidlashicha, O‘zbekiston ko‘rsatkichlari nafaqat ishsizlik, balki iqtisodiyotda ishtirok etmayotgan odamlarning – talabalar, uy bekalari, shuningdek, norasmiy sektorda band bo‘lganlarning yuqori ulushi bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin.

MDH mamlakatlari orasida

MDH mamlakatlari orasida Qozog‘iston 67 foizlik bandlik darajasi bilan peshqadamlik qilmoqda (dunyoda 29-o‘rin). Belarus 67-o‘rinni (61 foiz), Rossiya 73-o‘rinni (60 foiz) egallagan. Qirg‘iziston va Tojikiston mos ravishda 111 va 175-o‘rinlardan joy olgan.

Теги :
Jamiyat