$
 12303.16
23.68
 14507.89
-0.32
 159.76
0.51
weather
+26
Кечаси   +14°

Endi o‘zini o‘zi band qilganlar ko‘proq soliq to‘laydi

Novvoy

O‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar uchun ijtimoiy soliq to‘lash shartlari o‘zgardi. Prezident Shavkat Mirziyoyev 5-fevral kuni “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qonunni imzoladi. Ushbu hujjat bilan amaldagi tartibga muhim yangiliklar kiritildi.

Qaysi qonunga o‘zgartirish kiritildi?

Qonunga muvofiq, 2020-yil 20-oktabrda qabul qilingan “Aholi bandligi to‘g‘risida”gi qonunning 36-moddasi yangi tahrirda belgilandi. Aynan shu modda o‘zini o‘zi band qilgan shaxslar tomonidan to‘lanadigan ijtimoiy soliq miqdorini tartibga soladi.

Ijtimoiy soliq miqdori qancha bo‘ldi?

Yangi tartibga ko‘ra, o‘zini o‘zi band qilgan shaxslar ijtimoiy soliqni ixtiyoriy ravishda, biroq bazaviy hisoblash miqdorining (BHM) kamida bir baravari miqdorida to‘laydi. Amaldagi hisob-kitoblarga ko‘ra, bu summa kamida 412 ming so‘mni tashkil etadi.

Avvalgi tartibda esa mazkur to‘lov BHMning 50 foizidan kam bo‘lmasligi belgilangan edi. Ya’ni yangi qonun bilan minimal ijtimoiy soliq miqdori ikki baravarga oshirildi.

To‘lovlar qayerga yo‘naltiriladi?

Qonunning 36-moddasida belgilanishicha, o‘zini o‘zi band qilgan shaxslar ishlagan davridan qat’i nazar, ijtimoiy soliq to‘laydi. Ushbu mablag‘lar to‘liq Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasiga yo‘naltiriladi.

Mazkur to‘lovlar kelgusida pensiya tayinlashda muhim ahamiyatga ega bo‘lib, yakka tartibdagi tadbirkorlar uchun belgilangan tartibda pensiyani hisoblashda inobatga olinadigan ish haqi miqdorini aniqlashga asos bo‘ladi.

O‘zini o‘zi band qilganlar soni keskin oshgan

Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, 2025-yil 1-iyul holatiga O‘zbekistonda 5,5 million nafardan ortiq o‘zini o‘zi band qilgan shaxs ro‘yxatga olingan. Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 56 foizga, ya’ni 2 million nafarga ko‘p.

Mutaxassislar mazkur o‘sishni norasmiy bandlikni qonuniylashtirish va aholi daromadlarini tizimli hisobga olish yo‘lidagi islohotlar natijasi sifatida baholamoqda.

Теги :
Jamiyat