$
 12672.81
79.04
 14753.69
55.5
 158.89
0.4
weather
+26
Кечаси   +14°

O‘zini o‘zi band qilganlar soni 4,3 milliondan oshdi

Kasblar

O‘zbekiston Davlat soliq xizmati 2024-yil 1-dekabr holatiga o‘zini o‘zi band qilgan shaxslar sonini ma’lum qildi. . 

Umumiy axborot

So‘nggi e’lon qilingan ma’lumot o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 79,8 foizga o‘sib, o‘zini o‘zi band qilgan shaxslar 1,9 million nafarga ortganini ko‘rsatadi. Shuningdek, O‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar orasida erkaklar ulushi 58 foizni, ayollar ulushi esa 42 foizni tashkil etmoqda. Maishiy xizmatlar sohasida o‘tgan yilga nisbatan 116,6 foiz o‘sish kuzatilib, ko‘rsatkich 850,8 ming nafardan 1,8 million nafarga yetgan.

Iste’mol mollari ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish yo‘nalishi

Xalq iste’mol mollari ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish yo‘nalishida o‘zini o‘zi band qilganlar soni ham ikki barobardan ko‘proqqa o‘sdi. 2023-yilda bu ko‘rsatkich 203,7 ming nafar bo‘lgan bo‘lsa, 2024-yilda 409,1 ming nafarga yetgan. Axborot-kommunikatsiya yo‘nolishi ham katta o‘sishga erishdi: o‘tgan yilgi 60,5 ming nafardan 115,6 ming nafarga yetib, 91,1 foiz o‘sish kuzatildi.

Hududlar kesimidagi farq

Hududlar kesimida o‘zini o‘zi band qilganlar soni eng ko‘p Samarqand viloyatida qayd etilgan bo‘lib, bu ko‘rsatkich 498,4 ming nafarni tashkil etgan. Keyingi o‘rinlarda Qashqadaryo viloyati (433,1 ming) va Toshkent viloyati (427,9 ming) joylashgan. Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida ko‘rsatkich bir xil bo‘lib, har birida 387,7 ming nafar o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar qayd etilgan.

Qishloq xo‘jaligi va yo‘lovchi tashish faoliyati 

Qishloq xo‘jaligi yo‘nalishida xizmat ko‘rsatganlar soni 52,8 foiz o‘sib, 1,08 million nafarga yetdi. Sanoat xizmatlari ko‘rsatkichlari esa 48,4 foiz o‘sib, 408,8 ming nafarni tashkil qildi. Shuningdek, yo‘lovchi tashish faoliyati bo‘yicha ham o‘zini o‘zi band qilganlar soni yuqori bo‘lib, 668,1 ming nafar fuqarolar bu sohada ishlamoqda. Ushbu ko‘rsatkichlardan 409,7 ming nafari aynan 2024-yil davomida ro‘yxatdan o‘tgan.

Теги :
Iqtisodiyot