Shanba, 24-oktabr, 2026
Havo 73 o‘rtacha Tirbandlik xaritasi
☀ +7° kechasi +7°
Читать на русском

2024-yilning o‘tgan davrida o‘zini o‘zi band qilgan shaxslar 4 mln. dan oshdi

Ularning 57 foizi erkaklar, 43 foizi esa ayollardan iborat.

1 daqiqa o‘qiladi

2024-yilning o‘tgan davrida o‘zini o‘zi band qilgan shaxslar 4 mln. dan oshdi

O‘zbekistonda o‘zini o‘zi band qilgan shaxslar 4 million 83 ming 700 kishini tashkil etmoqda. Bu haqda “Fiskal tahlillar” kanali xabar berdi.

O‘zini o‘zi band qilgan shaxslar 86,8 foizga oshgan

Ma’lum bo‘lishicha, ayni paytda o‘zini o‘zi band qilgan shaxslarning 57 foizi erkaklar, 43 foizi esa ayollardir. Ko‘rsatkich 2023-yilga nisbatan 86,8 foizga oshgan.

O‘sish ko‘rsatkichi eng yuqori sohalar:

  • maishiy xizmatlar — 133,6 (987,4 mingta);
  • ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish — 113,5% (203,5 mingta);
  • axborot-kommunikatsiya — 96,7% (51,6 mingta).

Инфографика: Солиқ қўмитаси ахборот хизмати

Eng ko‘p o‘zini o‘zi band qilgan shaxslar hududlar kesimida

Hududlar kesimida olib qaralganda, kuchli uchlikka Samarqand (470 mingdan ortiq), Qashqadaryo (413 mingdan ortiq) va Toshkent (378 mingdan ortiq) viloyatlari kiritilgan. Jizzax, Navoiy va Sirdaryo so‘nggi o‘rinlarda bormoqda.

Shu bilan birga, yengil avtotransportda yo‘lovchi tashish faoliyati bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tgan fugarolar 611,6 ming nafarni tashkil etdi. Shundan 344,7 ming nafari 2024-yilda ro‘yxatdan o‘tgan.