$
 12170.67
20.83
 14048.60
44.69
 152.30
1.2
weather
+26
Кечаси   +14°

Prezident avtotransport vositalari bilan bog'liq keskin farmonni imzoladi

Avtotransport

Endi SSSR va “UzDaewoo”ning barcha turdagi, shuningdek, bizda ommabop bo‘lgan Turklarning “Dogan”, Nemislarning 2010-yilgacha ishlab chiqarilgan “Mers”, “BMW”, “Audi”lari shaharlarda harakatlanmaydi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 21-fevralda “O‘zbekiston – 2030” strategiyasini “Yoshlar va biznesni qo‘llab-quvvatlash yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi to‘g‘risida”gi farmonda yozib o'tilgan.

Yuk tashish avtotransport vositalari cheklovi

Unga ko'ra, 2024-yilning 1-martidan boshlab hududlarda chang bo‘roni sodir bo‘layotganda va atmosfera havosida mayda dispers zarrachalari belgilangan normadan yuqori bo‘lgani aniqlanganda aholini ogohlantirish, yurak-qon tomir va nafas yo‘llari kasalliklariga chalingan hamda sog‘lig‘i havoning ifloslanishiga ta’sirchanligi yuqori bo‘lgan boshqa fuqarolarni zarur profilaktik choralar to‘g‘risida doimiy xabardor qilish amaliyoti yo‘lga qo‘yiladi. SHu qatorida, Toshkent shahrida yuk tashish uchun mo‘ljallangan, ruxsat etilgan to‘la vazni 10 tonnadan yuqori bo‘lgan N2, N3, O4 toifaga kiruvchi avtotransport vositalarining harakati tig‘iz vaqt oraliqlarida taqiqlanishi ham ko'zda tutilmoqda. Bunda, ushbu cheklovlar maxsus xizmat, shu jumladan, kommunal xo‘jaligi, obodonlashtirish va O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining yuk transporti vositalariga tatbiq etilmasligi belgilangan.

“YeVRO – 5” taqiqi

SHuningdek, farmonda 2030 yilga qadar Toshkent va Nukus shaharlari, viloyatlar markazlarida “YeVRO – 5” va undan yuqori standartlariga muvofiq bo‘lmagan avtomashinalar ekspluatatsiyasi bosqichma-bosqich cheklanishi ham ko'zda tutilgan. Ayni paytda “YeVRO – 5” avtomashinalari deganda 2010-yilgacha ishlab chiqarilgan mashinalarni tushunilsa, maqsadga muvofiq bo'ladi. Demak, SSSR va “UzDaewoo”ning barcha turdagi, shuningdek, bizda ommabop bo‘lgan Turklarning “Dogan”, Chexlarning “Shkoda oktaviya”si, Nemislarning 2010-yilgacha ishlab chiqarilgan “Mers”, “BMW”, “Audi”lari shaharlarda harakatlanmaydi. 

Avtomobilsiz kun

Farmonda transport vositalari bilan bog'liq yana bir yangi qonun qabul qilinib, endi keng jamoatchilik vakillari va ekofaollarning ekologiyaga avtomobillar chiqindi gazlarining zararli ta’sirini kamaytirish uchun Toshkent shahrida har oyning bir ish kuni davomida avtomobillar harakatlanishini (jamoat transportlari, maxsus va shoshilinch yordam xizmatlaridan tashqari) qisqartirishga qaratilgan “Avtomobilsiz kun” jamoatchilik loyihasi amalga oshiriladigan bo'ldi. Bunda, binosi Toshkent shahrida joylashgan barcha respublika va hududiy ijro etuvchi hokimiyat organlarining rahbar va boshqa xodimlari jamoat transportida ish joyiga kelishi orqali namuna ko‘rsatib borishi maqsad qilingan.