$
 12724.84
-15.11
 14223.83
32.8
 137.11
-2.03
weather
+26
Кечаси   +14°

Yuk mashinasi haydovchilariga endi yo‘lning chetki chap qatorida harakatlanish taqiqlandi

yuk mashinasi

Oliy Majlis Senati yuk mashinalari haydovchilariga yoʻlning chetki chap qatorida harakatlanishini taqiqlovchi qonunni ma’qulladi. Bu haqda parlament yuqori palatasi matbuot xizmati xabar qildi.

2022-yilgi “Yo‘l harakati qoidalari”

Yalpi majlisda Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 12-apreldagi 172-sonli qarori bilan tasdiqlangan Yoʻl harakati qoidalarida yuk avtomobillariga faqat chapga burilish yoki qayrilib olish uchun yoʻlning chetki chap qatorini egallashga ruxsat etilib, boshqa hollarda chap qatorda harakatlanish taqiqlangani ta'kidlandi.

Ushbu qoidabuzarlik uchun amaldagi qonunchilikda jazo choralari belgilanmaganligi sababli aksariyat hollarda haydovchilar yoʻllarning chap qatorlarida bemalol harakatlanishmoqda va bu holat avtomobil yoʻllarida tirbandliklarga va avariya holatlari sodir boʻlishiga sabab boʻlmoqda”, - deyiladi xabarda.

Yuk avtomobillari bilan bogʻliq YTHlar

2024-yilning o‘tgan yetti oyida yuk avtomobillari ishtirokida sodir bo‘lgan 303 ta yo‘l-transport hodisasi natijasida 108 nafar fuqaro halok bo‘ldi, 227 nafari tan jarohati oldi.

Aynan shu jihatlarni e'tiborga olgan holda Qonunda yuk avtomobillari yoʻlning chetki chap qatorida harakatlanganligi (ruxsat etilgan hollar bundan mustasno) uchun ma'muriy javobgarlik belgilanmoqda.

Parlament a'zolarining fikricha, Qonunning qabul qilinishi mamlakatimiz yoʻllarida harakat xavfsizligini ta'minlashga, yoʻl-transport hodisalarining oldini olishga, shuningdek fuqarolarning qonuniy manfaatlarini himoya qilishga xizmat qiladi.

Qonun senatorlar tomonidan ma'qullandi.