Yakshanba, 25-oktabr, 2026
Havo 77 o‘rtacha Tirbandlik xaritasi
☀ +9° kechasi +6°

Infografika: O‘zbekistonda eng ko‘p qaysi avtomobil ishlab chiqarilmoqda?

Joriy yilning yanvar–iyul oylarida mamlakatda eng ko‘p ishlab chiqarilgan avtomobil Cobalt bo‘ldi.

1 daqiqa o‘qiladi

Infografika: O‘zbekistonda eng ko‘p qaysi avtomobil ishlab chiqarilmoqda?

Joriy yilning yanvar–iyul oylarida mamlakatda eng ko‘p ishlab chiqarilgan avtomobil Cobalt bo‘ldi. Bu haqda Statistika agentligi maʼlum qildi.

Eng ko‘p ishlab chiqarilgan avtomobillar

UzAutoMotors yetti oy davomida 84 758 dona Cobalt ishlab chiqardi. O‘tgan 2023-yilning mos davrida bu ko‘rsatkich 55 968 donani tashkil etgan.

Hisobot davrida Damas ham boshqa avtomobillarga qaraganda ko‘p ishlab chiqarilgan — 48 884 dona. Taqqoslash uchun, 2023-yil mos davrida bu raqam 43 497 dona bo‘lgan.

7 oylik statistika

Shu bilan birga, yanvar–iyul oylarida 23 378 dona Tracker, 18 238 dona Onix, 11 300 dona Kia va 4 869 dona Chery avtomobillari konveyerdan chiqqan. Yil boshidan iyul yakunigacha Gentra ishlab chiqarish hajmi 70,9 foizga kamayib, jami 12 837 donani tashkil etgan. Taqqoslash uchun, 2023-yilning dastlabki yetti oyida respublikada 44 179 dona, 2022-yil mos davrida esa 47 600 dona Gentra konveyerdan chiqqan.

Ishlab chiqarish to‘xtatilgan avtomobil

Avvalroq, UzAutoMotors joriy yil iyul oyi yakunida Lacetti (Gentra) ishlab chiqarish to‘xtatilganini maʼlum qilgan edi. Asaka zavodida ushbu modeldagi avtomobillar 2013-yildan ishlab chiqarila boshlangan. O‘tgan 11 yil mobaynida zavod konveyerida jami 487 104 dona Lacetti ishlab chiqarilgan.