$
 12948.10
-9.04
 14696.09
-6.38
 156.93
0.37
weather
+26
Кечаси   +14°
powerads

Xitoy dunyoning avtomobil eksportida yetakchi bo‘ldi

avtomobil

2024-yilda Xitoy avtomobil eksportida yetakchilikni qo‘lga kiritdi. Visual Capitalist ma’lumotlariga ko‘ra, Xitoyning eksport hajmi 4,7 milliondan oshib, Yaponiya va Germaniyani ortda qoldirdi. Ushbu yutuq Xitoyning global avtomobil bozoridagi o‘sishini yaqqol ko‘rsatmoqda.  

 Xitoyning avtomobil eksportidagi muvaffaqiyati  

Covid-19 pandemiyasidan so‘ng Xitoy avtomobil ishlab chiqaruvchilari dunyoning turli chekkalariga shiddat bilan kirib bormoqda. Visual Capitalist ma’lumotiga ko‘ra, Xitoy Janubi-Sharqiy Osiyo hamda Lotin Amerikasi mamlakatlariga avtomobillar eksportini oshirdi (BYD va Chery kabi brendlar raqobatchilardan ko‘ra arzonroq mashinalarni taklif qilmoqda).

Statistik yutuqlar

Xitoy atomobilsoz kompaniyalari tomonidan 2024-yilda 4,7 milliondan ortiq avtoulov sotildi. Ikkinchi o‘rinda — Yaponiya (4,1 mln), uchinchi o‘rinda — Germaniya (3,1 mln).

Nemis avtomobillari eksportidagi pasayish  

 Nemis avtomobil eksporti 2010-yillar oxiridan boshlab qisqara boshlagan va hali ham avvalgi darajasiga tiklanmagan.

Теги :
Jamiyat