$
 11997.83
18.19
 13967.87
66.7
 167.31
-0.21
weather
+26
Кечаси   +14°

Volkswagen Oʻzbekistonda avtomobil ishlab chiqarmoqchi

avto

Britaniyaning Just Auto portali ma’lumotiga ko‘ra, Germaniyaning Volkswagen kompaniyasi O‘zbekiston avtomobil sanoatida yirik yig‘uv ishlab chiqarishini tashkil etish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda.

Qayd etilishicha, loyihaning dastlabki bosqichida Toshkent shahrida avtomobillarni yirik bo‘g‘inli yig‘ishni yo‘lga qo‘yish rejalashtirilgan. Keyinchalik ishlab chiqarishni “Angren” erkin iqtisodiy zonasi hududida yuqori darajada mahalliylashtirish ko‘zda tutilmoqda.

Qaysi brendlar bilan hamkorlik qilinyapti?

Nashr xabariga ko‘ra, mazkur loyiha 2025-yil iyun oyida strategik sheriklik bitimini imzolagan “O‘zavtosanoat” davlat kompaniyasi bilan hamkorlikda amalga oshirilmoqda.

Maqolada O‘zbekiston avtomobil sanoati so‘nggi yillarda barqaror rivojlanayotgani ta’kidlangan. Ayni paytda mamlakatda Chevrolet, BYD, KIA va Hyundai kabi xalqaro brendlar bilan hamkorlikda mahsulot ishlab chiqaruvchi beshta avtomobil zavodi faoliyat yuritmoqda.

Shuningdek, sohada 10 mingdan ziyod mutaxassis mehnat qilayotgani, 300 dan ortiq mahalliy korxona esa avtomobil ishlab chiqaruvchilarni butlovchi qismlar bilan ta’minlayotgani qayd etilgan.

Xabarda aytilishicha, prezident Shavkat Mirziyoyev avtomobil sanoatida mahalliylashtirish darajasini yanada oshirish, ilmiy-tadqiqot ishlarini kengaytirish hamda 2026-yil oxirigacha avtokomponentlar bozorini rivojlantirish bo‘yicha kompleks strategiya ishlab chiqish vazifasini qo‘ygan.

Теги :
Jamiyat