$
 12198.28
-30.3
 14241.49
-41.49
 156.57
0.61
weather
+26
Кечаси   +14°

O‘zbekiston harbiy aviatsiyasi Markaziy Osiyoda tengsiz: Dunyodachi?

Aviatsiya

2026-yilning aprel oyi holatiga ko‘ra e’lon qilingan Global Firepower xalqaro portalining yangilangan ma’lumotlari O‘zbekistonning mudofaa sohasidagi barqaror o‘rnini yana bir bor namoyon etdi. Dunyoning 145 ta davlati harbiy salohiyati tahlil qilingan ushbu reytingda O‘zbekiston umumiy harbiy qudrat bo‘yicha 53-o‘rinni band etgan bo‘lsa, bevosita harbiy aviatsiya imkoniyatlari bo‘yicha 55-pog‘onadan joy oldi. 0,9908 ballik ko‘rsatkich bilan respublikamiz Markaziy Osiyo mintaqasida mutlaq yetakchilikni o‘z qo‘lida saqlab qolmoqda.

Mintaqaviy ustunlik

O‘zbekistonning mudofaa doktrinasi doirasidagi sa’y-harakatlari qo‘shni davlatlar bilan qiyoslaganda yaqqol ko‘zga tashlanadi. Masalan, mintaqadagi eng yaqin ko‘rsatkichga ega bo‘lgan Qozog‘iston Qurolli Kuchlari umumiy ro‘yxatda 57-o‘rinni, aviatsiya bo‘yicha esa 58-o‘rinni egalladi. Boshqa qo‘shni davlatlar — Turkmaniston (77-o‘rin), Qirg‘iziston (105-o‘rin) va Tojikiston (108-o‘rin) reytingning quyi qismidan joy olgan bo‘lib, bu O‘zbekistonning mintaqaviy xavfsizlikni ta’minlashdagi strategik ahamiyatini ko‘rsatadi.

Havo flotining texnik tavsifi

Mamlakatimiz osmonini himoya qilayotgan jami 159 ta uchish apparati zamonaviy talablarga javob beradigan tarkibiy tuzilmaga ega. Harbiy aviatsiya parkining asosiy qismini 101 ta vertolyot tashkil etishi qo‘shinlarning mobil harakatchanligini ta’minlaydi. Shuningdek, jangovar tarkibda 26 ta qiruvchi, 13 ta hujumchi, 12 ta transport va 7 ta o‘quv samolyotlari mavjud.

World Air Forces 2025 hisoboti ma’lumotlariga tayanadigan bo‘lsak, O‘zbekiston havo hujumidan mudofaa qo‘shinlari va harbiy-havo kuchlari arsenalida quyidagi texnikalar xizmat qilmoqda:

  • Jangovar samolyotlar: MiG-29, Su-25 va Su-27 kabi yuqori manevrli texnikalar.
  • Transport aviatsiyasi: Og‘ir yuk tashuvchi Il-76 va zamonaviy C295 samolyotlari.
  • Vertolyotlar majmuasi: Ko‘p qirrali Mi-24 va Mi-8 modellaridan tashqari, xorijning H215M/AS532 kabi zamonaviy texnikalari.

Dunyo manzarasi: Yetakchilar va autsayderlar

Jahon miqyosidagi umumiy vaziyatga nazar tashlasak, AQSh hali ham 13 mingdan ziyod uchish apparati bilan eng yirik aviatsiya parkiga egalik qilmoqda. Kuchli uchlikni 4,2 ming samolyot bilan Rossiya va 3,5 ming dona texnika bilan Xitoy yakunlab bergan.

Qizig‘i shundaki, dunyoda aviatsiya resurslari minimal bo‘lgan davlatlar ham yo‘q emas. Masalan, Lyuksemburg va Syerra-Leoneda bor-yo‘g‘i bittadan samolyot mavjud bo‘lsa, Kosovo va Liberiya kabi davlatlar o‘z harbiy aviatsiyasiga umuman ega emas. Bunday global manzara fonida O‘zbekistonning 159 ta zamonaviy uchish apparatiga ega bo‘lishi milliy xavfsizlikning mustahkam kafolati sifatida baholanadi.

Теги :
Jamiyat