AQSh mintaqadagi ta’sirini kuchaytirish uchun o‘z e’tiborini O‘zbekistonga qaratmoqda
AQSh siyosiy doiralari global geosiyosiy inqiroz fonida Oq uyning Markaziy Osiyodagi siyosatini qayta ko‘rib chiqish masalasini faol muhokama qilishmoqda. Ekspertlarning taxminlarga ko‘ra, ikki tomonlama aloqalardagi jadallashuvning yangi bosqichi prezident saylovlaridan keyin boshlanadi.
2 daqiqa o‘qiladi

Ma’lumotlarga ko‘ra, AQSh siyosiy doiralari global geosiyosiy inqiroz fonida Oq uyning Markaziy Osiyodagi siyosatini qayta ko‘rib chiqish masalasini faol muhokama qilishmoqda. Bu borada Vashington o‘z e’tiborini mintaqaning eng yirik davlati — O‘zbekistonga qaratmoqda.
JSTga kirishini tezlashtirish
O‘zbekiston va AQSh o‘rtasidagi ikki tomonlama savdo hajmi 2018—2023 yillarda $355 mln.dan $650 mln.ga oshdi. Ammo bu ko‘rsatkich Xitoy ($14 mlrd). va Rossiyadan ($10 mlrd.) ancha past. Buning fonida amerikaliklar o‘zaro siyosiy, savdo-iqtisodiy va ijtimoiy-gumanitar aloqalarni kengaytirish uchun O‘zbekistonning JSTga kirishini tezlashtirishga yordam berishga urinishi mumkin. Xususan, AQShning og‘ir vaznli Development Finance Corporation, Export-Import Bank yoki AQSh Savdo va taraqqiyot agentligi kabi tashkilotlari deyarli 30 yil davom etayotgan jarayonni tezlashtirishga kuchli turtki berish ehtimoli mavjud. Vashington siyosiy doiralari mintaqada o‘z ta’sirini kuchaytirish uchun hozir eng qulay vaziyat ekanligini yaxshi tushunishmoqda.
O‘zaro ishonchni tiklash va yangi iqtisodiy imkoniyatlar
AQSh hukumati O‘zbekistonga nisbatan hanuzgacha qo‘llanilayotgan Jekson-Venik tuzatishlarini bekor qilishi ham mumkin. bu tuzatishlarning bekor qilinishi ikki tomonlama savdoga uncha ta’sir ko‘rsatmaydi. Biroq, bu rasmiy Toshkent uchun uning suvereniteti va mustaqilligini baholash ramzi hisoblanadi. Kapitoliy tepaligida, bu tuzatishlarning bekor qilinishi o‘zaro ishonchni tiklashga va yangi iqtisodiy imkoniyatlarni ochishga imkon berishi aytilmoqda.
GSP dasturining joriy etilishi
GSP dasturining joriy etilish ehtimoli ham yo‘q emas. Bu loyiha o‘z vaqtida O‘zbekiston kabi rivojlanayotgan mamlakatlarga AQSh bozoriga bojsiz kirish huquqini bergan. Dastur faoliyati to‘xtatilgani va uning yangilanmasligi Vashingtonning O‘zbekiston singari davlatlarga qiziqishi yo‘q degan yolg‘on tasavvurni paydo qilmoqda. O‘z navbatida, Xitoy va Rossiya bunda juda manfaatdor, AQSh esa Pekin va Moskvaning pozitsiyalari kuchayishini xohlamaydi.
Transport koridorlari
O‘zbekiston ikki marta quruqlik bilan o‘ralgan holda, Rossiyaga qaramlikdan xalos bo‘lish uchun yangi yo‘llarni qidirmoqda. Qozog‘iston, Ozarbayjon va Turkiya orqali o‘tadigan O‘rta yo‘lak – mustaqillikni kuchaytirishdagi bir vosita sanaladi. AQSh allaqachon ushbu koridorlarni qo‘llab-quvvatlashni ko‘rib chiqmoqda. O‘zbekistonning logistika tizimlarini rivojlantirish Vashington manfaatlariga mos keladi, chunki bu yerda foydali qazilmalarning ulkan zaxiralari mavjud.
Ikki tomonlama investitsiya shartnomasini imzolash
Bu hujjat kelgusida erkin savdo rejimini joriy qilishga asos bo‘lib xizmat qilishi mumkin. Ta’kidlash joiz, ushbu shartnomani ishlab chiqish ma’lum siyosiy sabablarga ko‘ra (Andijon voqeasi, Qarshidagi harbiy baza yopilishi) to‘xtatilgandi. Ekspertlarning fikricha, taxminlarga ko‘ra, ikki tomonlama aloqalardagi jadallashuvning yangi bosqichi prezident saylovlaridan keyin boshlanadi. Bu kontekstda Oq uyni kim egallashidan qat’iy nazar yuqoridagilarni barchasi asta-sekin amalga oshirilishi kutilmoqda.



