$
 12149.84
7.74
 14003.91
-76.07
 151.10
0.57
weather
+26
Кечаси   +14°

Ertadan “Manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risida”gi qonun kuchga kiradi. Bunda qanday javobgarlik choralari belgilanmoqda?

korrupsiya manfaatlar to

6-dekabrdan boshlab, “Manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risida”gi qonun amalda bo‘ladi. Ushbu qonun davlat organlari va tashkilotlarda manfaatlar to‘qnashuvi oldini olish va tartibga solish maqsadida qabul qilingan.

Javobgarlik

Qonunchilik talablarini buzganlik uchun quyidagi javobgarlik choralari belgilanmoqda.

1. Manfaatlar to‘qnashuvi haqida xabar bermaslik:

 • Jarima miqdori: bazaviy hisoblash miqdorining (BHM) 3 baravaridan 5 baravarigacha.

 2. Agar huquqbuzarlik bir yil ichida takror sodir etilsa:

 • Jarima miqdori: BHMning 5 baravaridan 10 baravarigacha.

 3. Manfaatlar to‘qnashuvini tartibga solish choralari ko‘rilmasa:

 • Jarima miqdori: BHMning 5 baravaridan 10 baravarigacha.

 4. Bu holatlar yana takrorlansa:

 • Jarima miqdori: BHMning 10 baravaridan 15 baravarigacha.

 5. Davlat xaridlari sohasida huquqbuzarlik sodir etilsa:

 • Mansabdor shaxslar uchun jarima miqdori: BHMning 20 baravaridan 30 baravarigacha.

“Manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risida”gi qonun

Qonun davlat organlariga va mahalliy davlat hokimiyati organlariga, davlat muassasalariga, davlat unitar korxonalariga, davlat maqsadli jamg‘armalariga, shuningdek, ustav fondida davlat ulushi 50 foiz miqdorda va undan ortiq bo‘lgan aksiyadorlik jamiyatlariga nisbatan tatbiq etiladi.

Unga davlat organining yoki boshqa tashkilotning xodimi, manfaatlar to‘qnashuvi, manfaatlar to‘qnashuvini tartibga solish bo‘yicha maxsus bo‘linma, shaxsiy manfaatdorlik, yaqin qarindoshlar kabi asosiy tushunchalar kiritilgan.

Aloqador shaxslar kimlar?

Davlat organi yoki tashkilot xodimiga quyidagi shaxslar aloqador hisoblanadi:

 1. Yaqin qarindoshlari: ota-onasi, turmush o‘rtog‘i, farzandlari, aka-ukalari yoki opa-singillari.

 2. Xodim yoki uning qarindoshlari egalik qiladigan yuridik shaxs: Agar ular ushbu tashkilotning ustav fondiga egalik qilsalar.

 3. Rahbar yoki boshqaruv organining a’zosi bo‘lgan yuridik shaxs: Agar ular ushbu tashkilotda rahbarlik qilsa yoki boshqaruv a’zosi bo‘lsa.