Shanba, 17-oktabr, 2026
Havo 87 o‘rtacha Tirbandlik xaritasi
🌤 +17° kechasi +10°

Shuhrat Abdurahmonov Andijonning otasimi?

Kecha Andijon viloyati hokimi Shuhrat Abdurahmonov qizil toifadagi 36 nafar yoshlar, qurilish sohasi rahbarlari hamda quruvchilar bilan uchrashuv o‘tkazdi.

2 daqiqa o‘qiladi

Shuhrat Abdurahmonov Andijonning otasimi?

Andijon viloyati hokimi Shuhrat Abdurahmonov yoshlar bilan uchrashuvida hokim viloyatning otasi ekanini ma’lum qildi.

"Viloyat hokimi – viloyat otasi degani" 

Andijon viloyatida muammolarga uchragan, ish faoliyatini davom ettirishda to'siqlarga uchragan 17 mingta yoshlar aniqlangan. Viloyat hokimi esa shulardan 36 ta qizil toifadagi yoshlar bilan uchrashuv o'tkazgan. "Bilinglar, men o‘tirgan lavozim, viloyat hokimi — viloyatning otasi degani. Shuning uchun aytaman: Andijonning qizlari mening qizlarim, bolalari – mening bolalarim. Bugundan boshlab hammang bilan ota-bola tutinamiz", - deb ta'kidlagan Shuhrat Abdurahmonov uchrashuvda. 

36 nafar yoshlar taqdiri viloyat hokimi zimmasida

Hokimlik matbuot xizmati xabariga ko‘ra, uchrashuvda qizil toifadagi 36 nafar yoshlar ishtirok etishib, ularning mavjud muammolarini hal etish va alohida qo‘llab-quvvatlash ishlarini shaxsan viloyat hokimining o‘zi zimmasiga olgan. Unga ko'ra, fast-fud do‘konini ochish, Germaniyaga ishlash uchun borish, chevarchilik faoliyatini yo‘lga qo‘yish, tikuv mashinalariga ega bo‘lish, oliygohga kirishga tayyorlanish, harbiy xizmatgyu to‘lovi kabi o‘nlab muammolar va hatto uy-joyga ega bo‘lishda so‘ralgan yordamga ham shu joyning o‘zida yechim topish ishlari olib borilgan.

Hokimiyat "Yangi Andijon"ga ko'chadi

Shuhratbek Abdurahmonov "Yangi Andijon" hududida qurilish sohasi rahbarlari va quruvchilar bilan uchrashuvida Andijon viloyati hokimligi binosini "Yangi Andijon" hududiga ko'chirishini ma’lum qilingan. Hozirda yangi bino loyihasi tayyorlangan.

Maqsad nima?

Bundan tashqari, viloyat rahbari boshqa tashkilotlar ham ushbu hududga ko'chishini aytib o'tgan. Shahar markazida qolgan binolar esa auksion orqali sotuvga qo‘yiladi. Bundan maqsad esa aholiga xizmat ko‘rsatuvchi mehmonxona, savdo majmuasi va boshqa tadbirkorlik faoliyatlarini yo‘lga qo‘yishi ekanligi ta'kidlanmoqda.