$
 12171.61
-24.39
 14117.85
-23.41
 149.80
-1.94
weather
+26
Кечаси   +14°

AQSh chegarasini noqonuniy kesib o‘tgan 7 o‘zbekistonlik vatanga qaytarildi

AQSh deportatsiya

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi ma’lum qilishicha, AQShdan Kosta-Rikaga yuborilishi rejalashtirilgan, biroq Vatanga qaytishni istagan 7 nafar O‘zbekiston fuqarosi olib borilgan muzokaralar natijasida 24-fevral kuni Nyu-York – Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha O‘zbekistonga yetib keldi.

AQSh bilan deportatsiya masalasidagi hamkorlik

O‘zbekistonning Vashingtondagi elchixonasi va Nyu-Yorkdagi Bosh konsulxonasi mamlakatimiz fuqarolarining xavfsiz deportatsiyasini ta’minlash maqsadida AQSh huquq-tartibot idoralari bilan yaqindan hamkorlik qilib kelmoqda. Rasmiy kelishuvlarga asosan, AQSh tomoni deportatsiya qilinadigan o‘zbekistonliklar haqida tezkor xabarnoma taqdim etadi. Amaliyotga muvofiq, fuqarolar asosan Nyu-York – Toshkent yo‘nalishi orqali vatanga qaytmoqda.

Kosta-Rika AQShdan deportatsiya qilinganlarni qabul qiladi 

20-fevral kuni “Reuters” agentligi AQSh tomonidan deportatsiya qilingan xorijiy fuqarolar, jumladan, O‘zbekiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Pokiston va Hindiston fuqarolari Kosta Rikaga jo‘natilgani haqida xabar bergan edi. Bu Panamaga reysdan keyingi ikkinchi amaliyot bo‘ldi. Ular olti haftagacha muddatda vataniga qaytariladi, bu vaqt davomida ular migrantlarni saqlash markazida bo‘ladi. 

TIV rasmiy vakili Axror Burxanovning ma’lum qilishicha, O‘zbekiston o‘z fuqarolarining boshqa davlatlarga deportatsiya qilinishi ehtimolini doimiy kuzatib bormoqda. Shu bois mamlakatimizning diplomatik vakolatxonalari AQSh tomonidan boshqa davlatlarga deportatsiya ehtimoli borasida rasmiy ma’lumot berishni so‘rab murojaat qilgan. Bundan tashqari, Lotin Amerikasi davlatlari bilan diplomatik kanallar orqali ham aloqalar o‘rnatilgan.

O‘zbekiston diplomatlari vatandoshlarga yordam ko‘rsatmoqda

O‘zbekistonning chet eldagi diplomatik vakolatxonalari fuqarolarimizga qayerda bo‘lishidan qat’i nazar, huquqiy va konsullik yordam ko‘rsatishni davom ettirmoqda. Deportatsiya holatlarida esa vatandoshlarimizning xavfsiz qaytishini ta’minlash bo‘yicha barcha zarur chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Теги :
Jamiyat