Dushanba, 19-oktabr, 2026
Havo 90 o‘rtacha Tirbandlik xaritasi
☀ +22° kechasi +9°

O‘zbekistonda aloqa xizmatlari hajmi 56,2 trln. so‘mga yetdi

Ushbu ko‘rsatkich 2023-yilning mos davriga nisbatan 25,8% ga oshgan.

1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonda aloqa xizmatlari hajmi 56,2 trln. so‘mga yetdi

Statistika agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, 2024-yilning yanvar-dekabr oylarida O‘zbekistonda aloqa va axborotlashtirish xizmatlari hajmi 56,2 trln. so‘mni tashkil etdi. Bu ko‘rsatkich 2023-yilning mos davriga nisbatan 25,8% ga oshgan.

So‘nggi 5 yillikdagi natijalar

Soha so‘nggi yillarda barqaror o‘sishni namoyish etmoqda. O‘tgan yillardagi natijalar quyidagicha bo‘lgan:

  • 2020-yilda - 13,8 trln. so‘m;
  • 2021- yil - 17,7 trln. so‘m;
  • 2022-yil - 24,5 trln. so‘m;
  • 2023-yil - 39,1 trln. so‘m;
  • 2024-yil - 56,2 trln. so‘m;

O‘sish tendensiyasi 

Aloqa va axborotlashtirish xizmatlari hajmining o‘sishi iqtisodiyotni raqamlashtirish, telekommunikatsiya infratuzilmasini rivojlantirish va IT xizmatlariga bo‘lgan talabning oshishi bilan bog‘liq. Mutaxassislarning ta’kidlashicha, yangi texnologiyalarni joriy etish, internetdan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish va raqamli xizmatlardan foydalanuvchilar sonining ko‘payishi hisobiga kelgusi yillarda ham ushbu sohadagi xizmatlar hajmining o‘sish tendensiyasi saqlanib qoladi.