$
 11847.16
52.28
 13843.41
157.81
 141.44
2.77
weather
+26
Кечаси   +14°

Ilhom Aliyev 23-24-avgust kunlari O‘zbekistonda bo‘ladi

Shavkat Mirziyoyev va Ilhom Aliyev

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Ilhom Aliyev 23-24-avgust kunlari davlat tashrifi bilan mamlakatimizda bo‘ladi. Ushbu tashrif doirasida poytaxtimiz Toshkent shahrida oliy darajadagi muzokaralar hamda ikki mamlakat yetakchilari raisligida Oliy davlatlararo kengashning uchinchi yig‘ilishi o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

Sammit kun tartibi

Ushbu sammitning kun tartibidan O‘zbekiston hamda Ozarbayjon o‘rtasidagi strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini yanada rivojlantirish hamda kengaytirishga oid muhim masalalar o‘rin olgan. Muloqotlar davomida, eng avvalo, o‘zaro tovar ayirboshlash hajmini oshirish, ishbilarmon doiralar va hududlar o‘rtasidagi kooperatsiya aloqalarini chuqurlashtirish, transport-tranzit sohasidagi imkoniyatlardan samarali foydalanish va faol madaniy-gumanitar almashinuvni davom ettirish masalalariga alohida e’tibor qaratiladi.

Kutilayotgan natijalar

Muzokaralar davomida ikki davlat rahbarlari xalqaro hamda mintaqaviy siyosatning dolzarb jihatlari yuzasidan atroflicha fikr almashadilar, shuningdek, ko‘p tomonlama tuzilmalar doirasidagi o‘zaro hamkorlik masalalarini muhokama qiladilar. Muloqotlar yakunida bir qator salmoqli hujjatlar to‘plamini imzolash va bir qancha iqtisodiy hamda gumanitar loyihalarga start berish ko‘zda tutilgan. Ta’kidlash joizki, ushbu tashrif arafasida va uning doirasida O‘zbekistonda ikki mamlakat hududlari forumi hamda boshqa bir qator qo‘shma tadbirlar ham o‘tkazilmoqda.

Теги :
Jamiyat