$
 12149.84
7.74
 14003.91
-76.07
 151.10
0.57
weather
+26
Кечаси   +14°

Marhum bloger Asad Algoning ukasi o’z joniga qasd qildimi?

Algo

Kecha ijtimoiy tarmoqda marhum blogerning ukasi o’ziga lezviya bilan tan jarohati etkazgani aks etgan videolar tarqaldi. Xoʻsh bunga nima sabab boʻldi? Toshkent shahar IIBB mazkur holatni o’rganib chiqdi.

Jamoat tartibini buzgan 7 fuqaro qo’lga olindi

Lezviya bilan badanini kesgan yigit hodisasi bo‘yicha Toshkent shahar IIBB tomonidan rasmiy ma’lumot berildi.

Unga ko’ra, joriy yilning 25-mart kechasi Chilonzor tumanida bir nechta fuqaro o‘zaro janjallashib jamoat tartibini buzganligi haqida xabar kelib tushgan. Voqea joyiga zudlik bilan yetib borgan tuman IIO FMB xodimlari 7 nafar fuqaroni (1989 y.t. K.X., 1992 y.t. F.t., 1999 y.t. S.A., 2001 y.t.t P.D., 2001 y.t. I.X., 2004 y.t. I.X., 2004 y.t. Sh.A.,) tinchlantirib, tegishli hujjatlarni rasmiylashtirish uchun yaqin oradagi IIBga olib bormoqchi bo’lishgan. Shu paytda ularning ba’zilari noma’lum moddadan mast holatda bo’lganligi sababli ichki ishlar organlari xodimlarining qonuniy talabini bajarmasdan, faol qarshilik ko‘rsatgan. 

Bayonnoma rasmiylashtirildi

Holat yuzasidan ushbu fuqarolarga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 183-moddasi («Mayda bezorilik»), 194-moddasi («Ichki ishlar organlari xodimining qonuniy talablarini bajarmaslik») bilan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilgan.

6 marta javobgarlikka tortilgan bloger

2024-yilning 26-mart kuni ushbu fuqarolarni sudga olib borish uchun chaqirtirilgan vaqtda, Chilonzor tumani IIO FMB hovlisida: muqaddam Jinoyat kodeksining 277-moddasi («Bezorilik») bilan ikki marotaba sudlangan, Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 194 («Ichki ishlar organlari xodimining qonuniy talablarini bajarmaslik»), 183 («Mayda bezorilik») 56 prim 1 («Jamoat joylarida tamaki mahsulotini iste’mol qilish»), 185 prim 3 («O‘zbekiston Respublikasi hududida fuqaroviy va xizmat quroli sifatida muomalada bo‘lishi taqiqlangan ashyolarning qonunga xilof ravishda muomalada bo‘lishi») moddalari bilan olti marotaba ma’muriy javobgarlikka tortilgan 2004 yilda tug’ilgan Sherali Arziqulov javobgarlikdan qutulish maqsadida, namoyishkorona ko‘ylagini yechib og‘zida bo‘lgan piska (lezviya) bo‘lagi bilan qorin va qo‘l qismini yengil kesib o‘ziga o‘zi tan jarohati yetkazgan.

Og’ir jarohatlar yo’q

«IIO xodimlari tomonidan tezkorlik bilan ko‘rilgan choralar natijasida fuqarodan lezviya olib qo‘yilib, og‘ir oqibatlarning oldi olingan. Sherali Arziqulovga zudlik bilan birinchi yordam ko‘rsatilib, tibbiyot muassasasiga olib borilgan. Unga tibbiyot xodimlari tomonidan tibbiy yordam ko‘rsatilganidan so‘ng Sherali shu kunning o‘zida uyiga ketgan. Tibbiy ma’lumotga ko‘ra unga «Qorin old devorining kesilgan jarohatlari, chap qo‘l bilak sohasi kesilgan jarohati» tashxisi qo‘yilgan», deyiladi boshqarma xabarida.

Sheralining nima sabadan o‘ziga o‘zi tan jarohati yetkazganligi holati tuman prokuraturasi tomonidan o‘rganilmoqda.

Теги :
Jamiyat