$
 12208.08
32.74
 14116.20
52.46
 155.00
0.71
weather
+26
Кечаси   +14°

Noqonuniy alkogol va tamaki mahsulotlari sotilishiga chek qo‘yildi

noqonuniy alkogol tamaki]

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Mirobod tuman bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda “S.S.” MCHJ savdo do‘koni sotuvchisi S.N. xaridor Yu. M. ga 1 quti tamaki mahsulotini sotgan vaqtida ushlangan.

Tamaki mahsulotlari hujjatsiz saqlangan

Ma’lum qilinishicha, ushbu savdo do‘konidan hech qanday hujjatsiz umumiy bahosi 213,9 mln so‘mlik 1 650 dona elektron tamaki mahsulotlari hamda 1 176 dona nikotinni iste’mol qilish moslamalari ashyoviy dalil sifatida olingan.

Departamentning Termiz shahar bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda “F.O.” MCHJga qarashli savdo do‘konidan hech qanday hujjatsiz umumiy bahosi 187,6 mln so‘mlik 1 254 dona elektron tamaki hamda 686 quti tamaki mahsulotlari ashyoviy dalil sifatida olingan.

Noqonuniy tamaki mahsulotlari Toshloq va Farg‘ona tumanlarida ham topilgan

Shuningdek, Departamentning Toshloq va Farg‘ona tumanlari bo‘limlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda ushbu hududlardagi YATT B.A. va “F.M.” xususiy korxonasining savdo do‘konlaridan umumiy bahosi 60,1 mln so‘mlik qalbaki aksiz markali 2 036 dona alkogol va 5 turdagi tamaki mahsulotlari ashyoviy dalil sifatida olingan.

Ushbu holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.