$
 12913.19
4.0
 13908.80
-26.67
 154.17
0.87
weather
+26
Кечаси   +14°

Toshkentda “Bir million daraxt” aksiyasi o‘tkazildi

bir million daraxt

Yuksalish harakati ekologik tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlashni davom ettirgan holda, Toshkentning uchta tumani — Mirzo Ulug‘bek, Chilonzor va Yashnobodda daraxt ekish tadbirlarini tashkil etdi. 2019- yilda boshlangan Bir million daraxt aksiyasi O‘zbekistonda ekologik vaziyatni yaxshilashga qaratilgan. Loyiha “Avtomatlashtirilgan transport to‘lov tizimi оperatori”(ATTO) AJ va “Plum Technologies” AJ bilan hamkorlik memorandumlari imzolash natijasida amalga oshirildi. Ushbu kompaniyalar shaharda yashil hududlar yaratish va tabiatga ehtiyotkorona munosabatni targ‘ib qilish tashabbusini qo‘llab-quvvatladi.

“Bir million daraxt aksiyasi doirasida ijtimoiy obyektlar hududiga alohida e’tibor qaratildi. Buning uchun uchta tibbiyot muassasasi tanlandi:

·      Akademik Y. X. Turakulov nomidagi Endokrinologiya Respublika ixtisoslashtirilgan ilmiy-amaliy markazining Toshkent shahar filiali;

·      Bolalar gematologiyasi onkologiyasi va klinik immunologiyasi markazi;

·      Respublika bolalar ftiziatriya va tayanch-harakat tizimi kasalliklarini reabilitatsiya qilish markazi.

Ko‘chatlar iqlim sharoiti va muassasa vakillarining istaklarini hisobga olgan holda tanlab olindi.

Endokrinologiya markazida 77 tup ko‘chat ekilgan bo‘lib, mevali daraxtlar, teraklar va manzarali tutlar ekilib, nafaqat soya berishi, balki bemorlar uchun qulay muhit yaratishi ko‘zda tutildi. Bolalar onkogematologiya markazida skameykalar o‘rnatilib, jami ekilgan ko‘chatlar soni 70 tani tashkil etdi. Archa, lavanda va turli butalar mikroiqlimni yaxshilash bilan birga tashrif buyuruvchilar kayfiyatiga ham ta’sir qiladi. Bolalar ftiziatriya va reabilitatsiya markazida 25 ta Qrim sosnasi va 20t a mevali daraxt ekilib, ular havo sifatiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.

Aksiya doirasida daraxtlarning yaxshi ko‘karishi uchun ildiz tizimini mustahkamlovchi organik o‘g‘it — biogumusdan foydalanildi. Ko‘chatlarga keyinchalik g‘amxo‘rlik qilishga ham alohida e’tibor qaratilgan — ijtimoiy obyektlar hududida sug‘orish tizimi yo‘lga qo‘yilib, o‘simliklarning rivojlanishini kuzatib boruvchi mas’ul mutaxassislar tayinlanadi.

 — Biz yashil hududlar shaharning ajralmas qismiga aylanishini va tabiatga g‘amxo‘rlik har bir inson uchun odatga aylanishini istaymiz, — deydi Yuksalishharakati raisi, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi qo‘mitasi raisi Bobur Bekmurodov. — Bizning sa’y-harakatlarimiz ijtimoiy obyektlar — shifoxonalar, reabilitatsiya markazlariga qaratilgan, chunki bu joylarda toza havo, ayniqsa, qadrlanadi. Ko‘chat ekish — bu faqat birinchi qadam. Ularni to‘g‘ri parvarish qilish ham muhim. Umid qilamizki, ushbu loyiha barchaga namuna bo‘ladi va shahar aholisini tashabbuslarimizga qo‘shilishga chaqiramiz. Birgalikda Toshkentni bundan ham obod va chiroyli qilishimiz mumkin!

 — Biz har doim kelajak haqida o‘ylaymiz va bu kelajak farzandlarimizniki. Ekologik aksiyalarda ishtirok etish bizning qadriyatlarimizni hayotga tatbiq etish imkonini beradi, bolalar tibbiyot markazlarini yanada yashil va ekologik toza qilishga yordam beradi. Biz ekayotgan har bir daraxt umid va g‘amxo‘rlik timsolidir, ular kichik bemorlar uchun qulay muhit yaratadi. Bolalarimiz tabiat bag‘rida, xotirjam va umid bilan sog‘ayishini istaymiz, — deydi ATTO ijrochi direktori Davron Shoyokubov.
 — Plum Technologies jamoasi uchun Bir million daraxt aksiyasida ishtirok etish, avvalo, bolalarimiz va ularning salomatligi haqida g‘amxo‘rlik qilishdir. Biz bolalar tibbiyot markazlari hududlarini ko‘kalamzorlashtirishga o‘z hissamizni qo‘shayotganimizdan faxrlanamiz. Bugun ekayotgan daraxtlarimiz nafaqat hududni bezaydi, balki kichik bemorlar kayfiyatini ko‘tarib, yaratadi, ularning tezroq sog‘ayishiga yordam beradi, — deydi Plum Technologies ijrochi direktori Erkin Hidoyatov.

Bir million daraxt aksiyasi doirasida "Qahramonlar vaqti" ijtimoiy eko-loyiha ham tashabbusni qo‘llab-quvvatlab, kelajak avlodlar uchun qulay sharoitlar yaratish muhimligini ta’kidlamoqda.

Ekologik mas’uliyat — jamiyat salomatligi va tabiiy boyliklarni asrashga bo‘lgan e’tibor demakdir. "Yuksalish" harakati barcha befarq bo‘lmagan fuqarolarni ekologik tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlashga va O‘zbekistonning yashil kelajagiga hissa qo‘shishga chorlaydi.

Ma’lumot uchun: ATTO — O‘zbekiston Respublikasida yo‘l haqi uchun avtomatlashtirilgan to‘lov tizimi operatori hisoblanadi. Yo‘lovchi tashish uchun avtomatlashtirilgan to‘lov tizimi NFC texnologiyasiga ega transport kartalari, mobil va statsionar validatorlar orqali yo‘l haqini ro‘yxatdan o‘tkazish, shuningdek, safarlar soni va vaqti, transport vositasining yo‘nalish raqami bo‘yicha hisobot shakllantirish uchun biling tizimi yordamida axborot va texnologik hamkorlikni ta'minlashga mo‘ljallangan.

PLUM TECHNOLOGIES dunyoning turli chekkalaridagi mijozlar uchun moliyaviy amaliyotlarni soddalashtirish va qulayligini oshirishga qaratilgan innovatsion yechimlarni taklif etadi. Kompaniya faoliyati raqamli banking uchun yaxshilangan interfeyslar yaratishdan tortib, shaxsiy moliya va investisiyalarni boshqarishning ilg‘or tizimlarini ishlab chiqishgacha bo‘lgan keng xizmat turlarini o‘z ichiga oladi.

Теги :
Jamiyat