$
 12171.61
-24.39
 14117.85
-23.41
 149.80
-1.94
weather
+26
Кечаси   +14°

Erkaklarning 80 foizi sun’iy intellekt ishqiy munosabatlar o‘rnini to‘liq bosa oladi deb hisoblaydi

Sun’iy intellekt texnologiyasining rivojlanishi odamlarning munosabatlarga bo‘lgan qarashlarini o‘zgartirmoqda. Ilgari sun’iy intellekt faqatgina tanishuv yoki suhbatlar uchun xizmat qilgan bo‘lsa, endi ba’zi insonlar u bilan munosabat qurishga ham harakat qilishmoqda.

Har 10 ta erkakdan 8 tasi virtual juftni haqiqiy insonlardan afzal deb biladi

EVA AI platformasi tomonidan o‘tkazilgan tadqiqot natijalariga ko‘ra, har 10 ta erkakdan 8 tasi virtual juftni haqiqiy insonlardan afzal deb biladi.

Futurolog doktor Lan Pirson, 2050-yilga kelib odamlar robotlar bilan jismoniy yaqinlik qilishga ko‘proq ehtiyoj sezishini taxmin qilgan edi. Ammo so‘nggi tadqiqotlar bu hodisa yaqinlashayotganini ko‘rsatmoqda. Odamlar allaqachon neyrotarmoq bilan yaqin munosabatda bo‘la boshlashgan.

81 foiz erkak sun’iy intellekt bilan nikohini qonuniylashtirishni istaydi

So‘rovnomada qatnashgan 2 000 erkakning 81 foizi, agar nikoh qonuniy bo‘lsa, SI ma’shuqasi bilan turmush qurishga rozi ekanligini bildirgan.

Erkaklarning 83 foizi virtual juftlari bilan chuqur hissiy bog‘lanish hosil qilish mumkin deb hisoblaydi.

Insonlar o‘tmishdagi munosabatlarini neyrotarmoq orqali qayta tiklashga urinishmoqda

Sun’iy intellektga bo‘lgan ishonch shunchalik oshganki, 78 foiz tadqiqot ishtirokchilari o‘zlarining sobiq sevgan insonlari asosida SI klonini yaratishni istashini ma’lum qilgan. Ular texnologiya yordamida marhum yaqinlarini qiyofalarini qayta jonlantirishni istashadi.

Qizig‘i shundaki, so‘rovda qatnashganlarning 75 foizi hozirgi juftining “yanada mukammallashtirilgan” virtual nusxasini yaratishga qiziqish bildirishgan.

Virtual ma’shuqa insonlarga erkinlik beradi” 

EVA AI platformasi rahbari Keyl Jons, sun’iy intellektning jamiyatdagi munosabatlarga qanday ta’sir qilayotganini izohlab, shunday dedi:

“Sun’iy intellekt bilan bo‘lgan munosabatlarda odamlar real hayotda ochiq gapirishdan qo‘rqadigan fikr, his-tuyg‘u va istaklarini erkin ifodalay oladi. Bizning platformamiz foydalanuvchilaridan biri neyrotarmoq bilan bo‘lgan munosabatda o‘zidagi hissiy o’zgaruvchanlik va boshqa xususiyatlarni anglab yetgan.”

SI tadbirkori Kayl Balmerning fikricha, sun’iy intellekt bilan bog‘liq munosabatlar tufayli ba’zi insonlarning real hayotdagi aloqalari buzilayotganini aytib, bunday munosabatlar kelajakda oddiy holga aylanib qolishini va jamiyat bunga moslashishi kerakligini ta’kidlagan.

Jamiyat bu holatga qanday munosabat bildirmoqda?

TikTok foydalanuvchilari bu mavzuga turlicha qarashmoqda. Ayrimlar virtual ma’shuqalarini real munosabatlardan afzal ko‘rsa, boshqalar buni xavfli deb hisoblamoqda.

Mutaxassislar SI texnologiyalari tobora rivojlanib borayotgan bir paytda insonlar va sun’iy intellekt o‘rtasidagi munosabatlar yanada murakkablashishi mumkinligini taxmin qilishmoqda.

Ayrimlar neyrotarmoq bilan munosabatlar yolg‘izlikdan aziyat chekadigan insonlarga ruhiy yordam beradi deyishsa, boshqalar bu insonlar o‘rtasidagi real aloqalarni kamaytirishi va ijtimoiy muammolarga olib kelishi mumkin deb hisoblashmoqda.

Теги :
Jamiyat