$
 12081.63
-20.76
 13837.09
-153.27
 150.44
-2.64
weather
+26
Кечаси   +14°

O‘zbekistonda sunʼiy intellektdan foydalanish bo‘yicha etika qoidalari tasdiqlandi

ai7

Adliya vazirligi Sun’iy intellektga asoslangan yechimlarni yaratish, joriy qilish va ulardan foydalanish bo‘yicha etika qoidalarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazdi . U 2026-yil 17-iyundan kuchga kiradi.

Maqsad nima?

Etika qoidalari sunʼiy intellektga asoslangan yechimlarni yaratish, joriy qilish va foydalanishda sunʼiy intellekt texnologiya va tizimlari hamda sunʼiy intellekt ishtirokchilariga nisbatan xavfsizlik va etika meʼyorlarini belgilovchi asosiy qoida va talablardir. Sunʼiy intellekt ishtirokchilari sunʼiy intellekt texnologiyalari va tizimlaridan foydalanishda mazkur etika qoidalari talablariga qatʼiy rioya etishlari shart. 

Etika qoidalarining maqsadi sunʼiy intellekt texnologiyalari asosida ishlaydigan sunʼiy intellekt tizimlaridan xavfsiz foydalanilishini taʼminlash, shuningdek inson huquq, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoya qilishdan iborat.

Asosiy tamoyillar

Sunʼiy intellekt ishtirokchilari sunʼiy intellekt texnologiya va tizimlaridan foydalanishda quyidagi tamoyillarga rioya qilishlari lozim:

qonuniylik;

shaxs, jamiyat va davlat manfaatlarini hamda atrof-tabiiy muhitni himoya qilishning ustuvorligi;

tushunarlilik;

masʼuliyat, javobgarlik va nazorat;

adolatlilik va kamsitishga yoʻl qoʻymaslik;

ochiqlik va shaffoflik;

maʼlumotlar himoyasi;

ishonchlilik va xavfsizlik.

Xususan, ishonchlilik va xavfsizlik tamoyiliga koʻra sunʼiy intellekt texnologiya va tizimlarining barqaror va aniq ishlashi, xatolik ehtimoli minimal darajada boʻlishi, sunʼiy intellekt texnologiya va tizimlariga kiritilgan maʼlumotlarning xavfsiz saqlanishi lozim.Inson huquq va erkinliklariga aloqador yuridik ahamiyatga ega qarorlar, sog‘liqni saqlash (kasalliklarni tashxislash, davolash usullarini belgilash va boshqalar) va boshqa sohalardagi qarorlarni qabul qilishda faqat sun’iy intellektdan foydalanib yaratilgan sun’iy intellekt texnologiyalari asosida ishlaydigan axborot tizimlari xulosalariga tayanmaslik kerak. 

Qanday huquqlar bor?

Sunʼiy intellekt texnologiya va tizimlarini ishlab chiquvchi va joriy etuvchilar quyidagi huquqlarga ega:

sunʼiy intellekt texnologiya va tizimlarini mazkur etika qoidalariga asosan ishlab chiqish va joriy etish;

qonunchilikda belgilangan tartibda oʻz sunʼiy intellekt texnologiya va tizimlariga boʻlgan mulk huquqi va intellektual mulk huquqini himoya qilish;

sunʼiy intellekt texnologiya va tizimlari uchun mazkur etika qoidalarini takomillashtirish yuzasidan takliflar berish.

Sunʼiy intellekt texnologiya va tizimlarini ishlab chiquvchi va joriy etuvchilar qonunchilikda belgilangan boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi mumkin.

Majburiyatlar

Sunʼiy intellekt texnologiya va tizimlarini ishlab chiquvchi va joriy etuvchilar quyidagi majburiyatlarga ega:

ushbu etika qoidalariga amal qilish;

sunʼiy intellekt texnologiya va tizimlaridagi algoritmlarning shaffof va tushunarli boʻlishini taʼminlash;

sunʼiy intellekt texnologiya va tizimlaridagi ehtimoliy tarafkashlikni oldini olish;

shaxsga doir maʼlumotlar va foydalanishi cheklangan maʼlumotlar himoyasini taʼminlash;

sunʼiy intellekt texnologiya va tizimlarining imkoniyatlari, cheklovlari va ehtimoliy xavflari haqida ochiq maʼlumot berish;

sunʼiy intellekt texnologiya va tizimlaridan foydalanuvchilarni ulardan foydalanish qoidalari bilan tanishtirish, ulardan qanday maqsadda foydalanish mumkinligi yoki taqiqlanishi, shuningdek sunʼiy intellektga asoslangan yechimlar yoki qarorlar doim toʻgʻri boʻlmasligi hamda ularning natijalaridan tavsiyaviy yoki maʼlumot uchun foydalanish mumkinligi haqida maʼlumot berish;

sunʼiy intellekt texnologiya va tizimlari dasturiy taʼminoti xavfsizligini taʼminlash;

mazkur etika qoidalarini inobatga olgan holda sunʼiy intellekt texnologiya va tizimlarini doimiy ravishda takomillashtirib borish;

sunʼiy intellekt texnologiya va tizimlari inson nazorati ostida boʻlishini hamda inson tomonidan qayta koʻrib chiqilishi, shuningdek yakuniy qaror inson tomonidan qabul qilinishini taʼminlash;

sunʼiy intellekt texnologiya va tizimlaridan qonunchilikka zid boʻlgan yoki shaxs, jamiyat, davlat va atrof tabiiy-muhitga zarar yetkazishi mumkin boʻlgan maqsadlarda foydalanmaslik;

sunʼiy intellekt texnologiya va tizimlaridan foydalanuvchilar uchun sunʼiy intellekt texnologiyalari va tizimlaridan foydalanish qoʻllanmasini ishlab chiqish va joylashtirish.

Sunʼiy intellekt texnologiya va tizimlarini ishlab chiquvchi va joriy etuvchilar qonunchilikda belgilangan boshqa majburiyatlarga ham ega boʻlishi mumkin.

Теги :
Jamiyat