$
 12707.95
57.69
 14099.47
115.87
 140.95
-1.01
weather
+26
Кечаси   +14°

O‘zbekistonda yashovchi doimiy aholining soni qanchaligi ma’lum qilindi

aholi

Statistika agentligi demografiya bo‘yicha ma’lumotlarini e’lon qildi.

Erkaklar ayollardan 200 mingtaga ko‘p

O‘zbekistonda 2024-yil 1-iyul holatiga ko‘ra, doimiy aholisi soni 37 million 134 ming kishini tashkil etdi. Qayd etilishicha, aholining qariyb 18 million 696 ming nafari erkaklar, 18 million 437 ming nafari ayollar hissasiga to‘g‘ri keladi. Mamlakatning shahar aholisi soni 18,9 million kishini, qishloqlardagi aholisi 18,2 million kishini tashkil qilmoqda.

Shuningdek, agentlik ma’lumotiga ko‘ra, respublika aholisining o‘rtacha yoshi 28,5 yosh bo‘lgan. Taqqoslash uchun, 2014-yilda aholi o‘rtacha yoshi 27,3 yosh edi.

O‘zbekistonda mehnatga layoqatli yoshdagi fuqarolar umumiy aholi sonining 56,4 foiziga teng. Shu bilan birga, mehnatga layoqatli yoshdan kichiklar 32 foiz, mehnatga layoqatli yoshdan kattalar 11,6 foiz.

Samarqandda eng ko‘p aholi istiqomat qiladi

Doimiy aholi sonining eng ko‘p ulushi esa Samarqand viloyatida bo‘lib – 4 million 249 ming nafar. Bu butun O‘zbekiston aholisining 11,4 foizi degani. Shuningdek, Farg‘ona (4,1 million kishi), Qashqadaryoda (3,6 million kishi), Andijon (3,4 million kishi) va Namangan (3,1 million kishi) viloyatlarida nisbatan ko‘p aholi istiqomat qiladi.

Doimiy aholisi sonining ulushi eng kam hudud Sirdaryo viloyati bo‘lib, u yerda 922,1 ming kishi yashamoqda. Navoiy (1,1 million kishi), Jizzax (1,5 million kishi), Xorazm (2 million kishi) viloyatlari va Qoraqalpog‘istonda (2 million kishi) nisbatan kam aholi istiqomat qiladi.

1 kvadrat metrga 82 kishi to‘g‘ri kelmoqda

Ma’lumot uchun, O‘zbekistonda 2024-yil 1-iyul holatiga 1 kvadrat kilometrga o‘rtacha 82,7 kishi to‘g‘ri kelgan. Bu esa o‘tgan yilning mos davriga nisbatan solishtirilganda 1,7 kishiga ortgan ( 2023-yil 1-iyul holatiga 1 kvadrat kilometrga 81 kishi).

Shu bilan birga, Statistika agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, hududlar bo‘yicha aholi zichligining eng yuqori ko‘rsatkichi Toshkent shahrida 6 864,4 kishi, Andijon viloyatida 796,4 kishi, Farg‘ona viloyatida 606,3 kishini tashkil etgan bo‘lsa, eng past ko‘rsatkichlar Navoiy viloyati 9,8 kishi, Qoraqalpog‘iston Respublikasida 12,1 kishini tashkil etgan.

Теги :
Жамият