$
 12198.28
-30.3
 14241.49
-41.49
 156.57
0.61
weather
+26
Кечаси   +14°

Oʻzbekistonning qaysi tumanlarida aholi juda kam yashaydi?

qorovulbozor

2025-yilning 1-yanvar holatiga respublikadagi doimiy aholi soni 37 543,2 ming kishini tashkil etgan. Bu haqda Statistika agentligi xabar bermoqda

TOP 10

Quyida aholi eng kam bo‘lgan 10 ta tuman va shaharlar haqida ma’lumot keltirilgan.

  • G‘ozg‘on shahri — 9,3 ming kishi
  • Tomdi tumani — 15,3 ming kishi
  • Shirin shahri — 19,4 ming kishi
  • Qorovulbozor tumani — 20,3 ming kishi
  • Bo‘zatov tumani — 21,9 ming kishi
  • Yangiobod tumani —30,2 ming kishi
  • Mo‘ynoq tumani — 33,9 ming kishi
  • Konimex tumani — 37,2 ming kishi
  • Taxtako‘pir tumani — 38,9 ming kishi
  • Uchquduq tumani — 39,7 ming kishi

Aholi zichligi

Eslatib oʻtamiz, avvalroq Oʻzbekistonda aholi zichligi — har kvadrat kilometrga 83,6 nafar kishi toʻgʻri kelishi haqida xabar bergan edik. Bu 2024-yilning shu davriga nisbatan 1,6 kishiga ko‘p (2024-yil 1-yanvar holatiga 1 kv. km. ga 82 kishi).

Hududlar kesimida aholining eng yuqori zichligi Toshkent shahrida 6948,1 nafar, Andijon viloyatida 804,9, Farg‘ona viloyatida 613,1 nafarni tashkil etdi. Eng past ko‘rsatkichlar Navoiy viloyatida — 9,9 va Qoraqalpog‘istonda — 12,2.

Теги :
Jamiyat