$
 12634.00
8.96
 13710.42
23.61
 148.62
2.51
weather
+26
Кечаси   +14°

Igna tushmaydigan yerlardan huvillagan kengliklargacha: Aholi zichligi hududlarda qanday?

demography demografiya

Toshkent deganda ko‘z oldimizga aholi eng ko'p istiqomat qiladigan hudud keladi va bu to‘g‘ri ham. Xo‘sh, poytaxtdan keyinchi? Respublikada eng ko'p va eng kam aholi istiqomat qiladigan hududlar qaysi?

Doimiy aholisi eng ko‘p hududlar

2024-yil 1-yanvar holatiga ko'ra, O‘zbekistonning doimiy aholisi soni 36 799 800 kishini tashkil etdi. 

Doimiy aholisi soni eng ko‘p hudud Samarqand viloyati. Bu yerda 4 208 500 kishi istiqomat qiladi. Farg‘ona viloyatida 4 061 500 kishi, Qashqadaryo viloyatida 3 560 600 kishi.

Eng kam aholi soni

Eng kam aholi soni Sirdaryo viloyatida 914 ming kishi, Navoiy viloyatida 1 075 300 kishi va Jizzax viloyatida 1 507 400 kishini tashkil etgan. 

1 kilometr kvadratga o‘rtacha 82 kishi

O‘zbekistonda 2024-yil 1-yanvar holatiga 1 kilometr kvadratga o‘rtacha 82 kishi to‘g‘ri kelgan. Bu esa o‘tgan yilning mos davriga nisbatan solishtirilganda 1,8 kishiga ortgan (2023-yil 1-yanvar holatiga 1 kilometr kvadratga 80,2 kishi).

Aholi zichligi eng yuqori hudud

Hududlar bo‘yicha qaraydigan bo‘lsak, aholi zichligining eng yuqori ko‘rsatkichi Toshkent shahrida 6787,5 kishi, Andijon viloyatida 789,4 kishi, Farg‘ona viloyatida 600,8 kishini tashkil etgan bo‘lsa, eng past ko‘rsatkichlar Navoiy viloyati 9,7 kishi, Qoraqalpog‘iston Respublikasida 12 kishini tashkil etgan.

Eslatib o'tamiz, aholi zichligi — muayyan hududda aholining joylashuv darajasi. Mamlakat yoki biror hudud (viloyat, tuman) aholi sonini shu joy maydoniga (odatda 1 km² ga) taqsimlash bilan hisoblab chiqariladi.

Теги :
Жамият