$
 12029.20
-43.76
 14065.74
-111.54
 160.26
-0.91
weather
+26
Кечаси   +14°

“Agroplatforma” AT orqali imtiyozli kreditlash uchun ariza berish soddalashtirildi

agroplatforma

Vazirlar Mahkamasi qarori bilan qishloq xoʻjaligida erkin bozor munosabatlari yanada rivojlantirilishi munosabati bilan hukumatning ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritildi.

Meʼyoriy-huquqiy hujjatlardagi oʻzgartirishlar

Me'yoriy-huquqiy hujjatlarga quyidagilarni nazarda tutuvchi oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilmoqda:

Qishloq xoʻjaligini davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasining asosiy vazifalari, huquq va majburiyatlarini hamda uning mablagʻlarini shakllantirishning asosiy manbalarini aniqlashtirish;

jamgʻarma tomonidan toʻlanadigan subsidiyalarni Iqtisodiyot va moliya vazirligining “Subsidiyalar” portali orqali berish;

jamgʻarma mablagʻlari hisobidan imtiyozli kreditlashning foiz va muddatlarini qayta belgilash;

“Agroplatforma” AT orqali imtiyozli kreditlash uchun ariza berishni soddalashtirish;

mahsulot yetkazib berish boʻyicha fond birjasi orqali tuzilgan fyuchers shartnomalarini bekor qilish hamda mahsulotni qayta savdoga chiqarish tartibini amaldagi huquqiy hujjatlarga muvofiqlashtirish.

Oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilgan hujjatlar

Quyidagi hujjatlarga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritildi:

Vazirlar Mahkamasining “Don va donni qayta ishlash mahsulotlari hisobini yuritish tizimini takomillashtirishga, ularning saqlanishi ustidan nazoratni kuchaytirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qarori;

Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Qishloq xoʻjaligini davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi toʻgʻrisida nizomni tasdiqlash haqida”gi qarori;

Vazirlar Mahkamasining “Paxta xomashyosini yetishtirish va paxta yigʻim-terimi xarajatlarini kreditlash hamda ularni realizasiya qilishning qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori.