$
 12171.61
-24.39
 14117.85
-23.41
 149.80
-1.94
weather
+26
Кечаси   +14°

“Zapravka” xodimlari inspektor avtomobiliga noma’lum modda tashlashda gumonlanmoqda

Zapravka

Sirdaryo viloyatida avtomobillarga gaz to‘ldirish kompressor stansiyasi (AGNKS) xodimlari “Oʻzenergoinspeksiya” inspektoriga reyd vaqtida noma’lum modda tashlashda gumon qilinmoqda. Bu haqda “Oʻzenergoinspeksiya” matbuot xizmati xabar berdi.

Gaz sarfi koʻrsatkichlarini soxtalashtirish ehtimoli

Inspeksiya maʼlumotiga koʻra, 2025-yil 8-fevral kuni markaziy apparat mutaxassislari Sirdaryo tumanidagi AGNKSda gaz hisoblagichini tekshirish uchun borgan. Ko‘rik davomida stansiya xodimlaridan biri qo‘lida kabellar bilan xonani shoshilinch tark etgan. Shundan so‘ng, hisoblagichning aloqa porti uzilmaganligi aniqlanib, gaz sarfi koʻrsatkichlarini soxtalashtirish ehtimoli yuzaga kelgan.

Inspektorning avtomobilidan topilgan noma’lum modda

AGNKS rahbariyati uskunani demontaj qilishga rad javobini bergan. Oradan ko‘p o‘tmay, voqea joyiga "ROVD" xodimi kelib, inspektorlardan birining avtomobilini tekshirgan. Shu jarayonda mashinadan shubhali modda topilib, musodara qilingan. Biroq kuzatuv kameralaridagi yozuvlarda ushbu holat AGNKS xodimlari tomonidan uyushtirilgani ehtimoli ko‘rsatilgan.

Shoxobcha yetkazgan zarar

Tekshiruv jarayonida, shuningdek, hisoblagich ishlashiga aralashish orqali gaz sarfi koʻrsatkichlarini oʻzgartirish holati aniqlangan. Dastlabki hisob-kitoblarga koʻra, davlatga yetkazilgan zarar 5,74 milliard soʻmni (2,2 million kubometr gaz ekvivalenti) tashkil qilmoqda.

Yigʻilgan materiallar huquqiy baho berish uchun prokuraturaga topshirildi.

Теги :
Jamiyat