$
 12149.84
7.74
 14003.91
-76.07
 151.10
0.57
weather
+26
Кечаси   +14°

To‘lovga qobiliyatsizlik ishlari bo‘yicha agentlik tashkil etiladi

yangi agentlik

Adliya vazirligi huzurida to‘lovga qobiliyatsizlik ishlari bo‘yicha maxsus agentlik tashkil etish taklif qilindi. Bu haqda Shavkat Mirziyoyevga taqdim etilgan hisobotda ma’lum qilindi.

Yangi agentlikning vazifasi qanday?

Qayd etilishicha, yangi tuzilma sohada yagona davlat siyosatini yuritish, tegishli idoralar faoliyatini muvofiqlashtirish hamda bankrotlik omillarini tahlil qilish bilan shug‘ullanadi. Shuningdek, agentlik moliyaviy qiyinchilikka duch kelgan korxonalarni sog‘lomlashtirish va ularni qayta tiklash choralarini ko‘rishda ishtirok etadi.

Mavjud muammolar

Taqdimotda mavjud tizimdagi muammolar ham ko‘rsatib o‘tildi. Xususan, to‘lovga qobiliyatsizlik taomillari yetarli darajada ishlamayotgani, ko‘plab korxonalar faoliyatini tiklash o‘rniga tugatilayotgani qayd etildi.

Bundan tashqari, faoliyat koʻrsatmayotgan va faoliyati tugatilgan kichik korxonalar sonining oʻsish tendensiyasi kuzatilayotgani koʻrsatib oʻtildi. Bu holat amaldagi tizim korxonani saqlab qolish va qayta tiklashga emas, koʻproq uning faoliyatini rasmiy tugatishga qaratilganidan dalolat berayotgani qayd etildi.

Avvalo, toʻlovga qobiliyatsizlik taomillari yetarli darajada qoʻllanilmayapti. Moliyaviy ahvoli ogʻirlashgan 93 mingta tadbirkorning atigi 10 mingtasi boʻyicha toʻlovga qobiliyatsizlik ishi qoʻzgʻatilgan. Sudgacha va sud sanatsiyasi tizimi amalda samarali ishlamayapti, so‘nggi besh yilda atigi 68 ta korxonaga sanatsiya taomili qo‘llanilgan, shundan ham faqatgina 7 tasining faoliyati tiklangan.

Теги :
Jamiyat