$
 12913.19
4.0
 13908.80
-26.67
 154.17
0.87
weather
+26
Кечаси   +14°

Afg‘oniston O‘zbekistonga hech qanday tahdid tug‘dirmaydi — Mulla Abdulg‘ani Barodar

Mulla Abdulg‘ani Barodar

“Tolibon” muvaqqat hukumatining rasmiy sahifasida xabar berilishicha, 22-fevral kuni Toshkentga kelgan Afg‘oniston bosh vaziri o‘rinbosari vazifasini bajaruvchi Mullo Abdul G‘ani Barodar O‘zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov bilan muzokara chog‘ida O‘zbekistonga nisbatan Afg‘oniston tomonidan hech qanday tahdid qilinmasligini aytgan.

“Tolibon” rasmiysining va’dasi

“Tolibon” bosh vazirining o‘rinbosari vazifasini bajaruvchi shaxs uchrashuvda Afg‘onistonda narkotik moddalarni ekish, ishlab chiqarish, iste’mol qilish va kontrabanda qilishga qarshi jiddiy kurash olib borilayotgani hamda ularning qo‘shni davlatlarga noqonuniy olib o‘tilishining oldi olinganini ta’kidlagan. U qo‘shni davlatlar, mintaqa va butun dunyoga Afg‘oniston hududi hech bir davlatga qarshi ishlatilmasligi hamda hech qanday tahdid tug‘dirmasligiga va’da bergan. 

Muzokaralardagi “Tolibon” tomonidan ochiqlangan ma’lumotlar

Muzokaralar chog‘i toliblar delegatsiyasi Afg‘oniston va O‘zbekiston o‘rtasidagi temiryo‘l va avtomobil yo‘llarini rivojlantirishni muhim hamda fundamental masala deb atagan. “Tolibon” rasmiy Toshkentga O‘zbekistonni Eron va Xitoy bilan bog‘lovchi “Mozori Sharif-Hirot-Qandahor” temiryo‘li loyihasiga sarmoya kiritish bo‘yicha taklif beradi. Delegatsiyaning ta’kidlashicha, bu Toshkentning Janubiy Osiyo davlatlari, Eron va Xitoy bilan savdo-sotiq ishlarini kengaytiradi, mintaqa barqarorligi va rivojlanishida konstruktiv rol o‘ynaydi. U ikki tomon o‘rtasida turli sohalarda erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish, shuningdek, infratuzilma loyihalari, savdo-sotiq, tranzit, mintaqaviy masalalar bo‘yicha hamkorlikda ish olib borish, Qobul va Toshkent o‘rtasidagi iqtisodiy aloqalarni rivojlantirishga alohida e’tibor qaratgan. Shu bilan birga, O‘zbekiston rasmiylaridan tunnel qurilishi uchun Afg‘onistonga sarmoya kiritishni so‘ragan.

Теги :
Jamiyat