$
 12149.84
7.74
 14003.91
-76.07
 151.10
0.57
weather
+26
Кечаси   +14°

Shahrisabzda Damas 1-sinf oʻquvchisini bosib ketdi

accident

Ijtimoiy tarmoqlarda yosh bolani Damas urib yuborgani aks etgan videolar tarqaldi. Oʻquvchi shifoxonada vafot etganligi aytilmoqda.

Bolani bir necha metrga sudrab ham ketgan

Qashqadaryo viloyati IIB YHXB axborot xizmatining xabar berishicha, Shahrisabzda Damas urib yuborib, soʻng sudrab ketgan oʻquvchi halok boʻldi. Hodisa 2024-yil 19-aprel kuni sodir boʻlgan.

Bola piyodalar o‘tish yo‘lagidan yurayotgan bo‘lgan

Haydovchi K.M. Damas mashinasi bilan 4K-307 “Shahrisabz-Miroqi” avtomobil yoʻlida harakatlanib borib, Shahrisabz shahar Fusunkor koʻchasidagi piyodalar yoʻlakchasidan oʻtayotgan oʻquvchini urib yuborgan.

Jinoyatchi 7 yilga “kesilishi” mumkin

“Holat yuzasidan Shahrisabz shahar IIB tergov boʻlimi tomonidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan. Damas haydovchisi protsessual tartibda ushlangan” - deyiladi Qashqadaryo IIB YHXB xabarida.

Ma’lumot uchun, Jinoyat kodeksining 266-moddasi ikkinchi qismiga koʻra Transport vositalari harakati xavfsizligi qoidalarini buzish odam oʻlishiga sabab boʻlsa, muayyan huquqdan mahrum qilinib, 7 yilgacha ozodlikdan mahrum etish bilan jazolanadi.

Теги :
Jamiyat
Iqtisodiyot