$
 12695.00
11.01
 13648.39
0.42
 138.12
-1.12
weather
+26
Кечаси   +14°

Zoʻravon otaga hukm oʻqildi

Child abuse

Ijtimoiy tarmoqlarda o‘zi bilan yashashni xoxlamagan o‘g‘lini kaltaklayotgan ota tasvirlangan video tarqaldi va keng muhokamalarga sabab bo‘ldi. Mazkur holat bo‘yicha Bolalar ombudsmani munosabat bildirdi.

Holat 23-martda sodir boʻlgan

Aniqlanishicha, holat joriy yilning 23-mart kuni sodir bo‘lgan. Surxondaryo viloyati Denov tumanida tug‘ilgan voyaga yetmagan E.Ya. Toshkent shahrining Chilonzor tumanidagi tog‘asiga tegishli qurilish mollari do‘konida bo‘lgan vaqtida otasi M.X. (1981 yilda tug‘ilgan) kelib, E.Ya. ni o‘zi bilan olib ketishini aytgan. Biroq og‘li u bilan ketishni xohlamasligini, otasi bilan onasining o‘zaro janjallari sabab ular bilan birga yashamasligini ma’lum qilgan. Otasi esa o‘g‘lini zo‘rlik ishlatib olib ketmoqchi bo‘lgan.

Ayolga order berilgan

O‘rganish davomida aniqlanishicha, bu oilada er va xotin o‘rtasida o‘zaro kelishmovchilik holatlari muntazam ravishda kuzatilganligi sababli joriy yilning 2-fevral kuni O‘rtachirchiq tumani IIB tomonidan M.X. ni tazyiq harakatlarini cheklash maqsadida uning turmush o‘rtog‘i S.M. ga himoya orderi berilgan.

Tergovga qadar tekshiruv

Mazkur holat bo‘yicha tuman IIB tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari o‘tkazilgan.

O‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruv harakatlari natijasiga ko‘ra, ma’muriy ish qo‘zg‘atilib, materiallar qonuniy hal etilishi uchun Jinoyat ishlari bo‘yicha sudiga yuborilgan.

5 sutkalik qamoq jazosi

Kecha, 27-aprel kuni M.X. sud tomonidan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 183- (Mayda bezorilik) va 185- (2) moddalari (Sovuq qurolni yoki sovuq qurol sifatida foydalanilishi mumkin bo‘lgan ashyolarni olib yurish) bo‘yicha aybdor deb topilib, unga 5 sutka qamoq jazosi tayinlangan.

Теги :
Жамият