$
 12171.61
-24.39
 14117.85
-23.41
 149.80
-1.94
weather
+26
Кечаси   +14°

Toshkentdagi bog‘chalardan birida tarbiyachi bolani stulga skotchlab qo‘ydi

Bog

Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent shahrining Yunusobod tumanidagi xususiy bog‘chalardan birida bolalar ovqat yemagani uchun stulga yelim tasma bilan bog‘lab qo‘yilgani haqida video xabar tarqaldi. Toshkent shahar Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi ushbu holat bo‘yicha rasmiy munosabat bildirdi.

Bog‘chada bolani skotchlash holati aniqlandi

Ma’lum bo‘lishicha, ushbu holat 2025-yil 21-fevral kuni Yunusobod tumanidagi “First Daycare” xususiy maktabgacha ta’lim tashkilotida sodir bo‘lgan. Tarbiyachi S.A. va tarbiyachi yordamchisi X.M. bolalardan birini ovqat yemagani uchun stulga yelim tasma bilan bog‘lab qo‘ygan.

Tarbiyachilar ishdan bo‘shatildi

Mazkur voqeadan so‘ng bog‘cha ma’muriyati tomonidan tarbiyachi S.A. va uning yordamchisi X.M. bilan tuzilgan mehnat shartnomalari bekor qilingan hamda ular ish joyidan bo‘shatilgan. Hozirda ushbu holat yuzasidan huquq-tartibot idoralari tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Теги :
Jamiyat