$
 12085.56
33.51
 13870.60
-114.6
 164.52
-0.78
weather
+26
Кечаси   +14°
jch

O‘zbekiston uchun tarixiy imkoniyat: Yangi format “Oq bo‘rilar”ga yordam beradimi?

2026-yilgi Jahon chempionatida O‘zbekiston tarixda ilk bor ishtirok etadi. Qur’a natijasiga ko‘ra, terma jamoamiz Portugaliya, Kolumbiya va Kongo Demokratik Respublikasi bilan bir guruhdan joy oldi. Mutaxassislar va bukmekerlar nazarida guruhning asosiy favoriti Portugaliya bo‘lsa, Kolumbiya ham jiddiy da’vogar sifatida ko‘rilmoqda. O‘zbekiston va Kongo DR esa autsayderlar qatorida tilga olinayotgan bo‘lsa-da, yangi format sabab ularning imkoniyatlari hali ham saqlanib qolmoqda. Chunki bu safar mundialda 48 ta jamoa qatnashadi va eng yaxshi uchinchi o‘rin egalari ham pley-offga yo‘l oladi.
Батафсил →
Oliygoh

Yangilangan reyting: Dunyoning eng kuchli oliygohlari qaysi?

Jahon universitetlari reytingi markazi (CWUR) o‘zining navbatdagi 2025–2026-yillarga mo‘ljallangan hisobotini jamoatchilikka taqdim etdi. Mazkur nufuzli ro‘yxatda yetakchilik an’anaviy tarzda AQSH ta’lim muassasalariga nasib etdi. Xususan, reytingning eng yuqori pog‘onasini Garvard universiteti band etgan bo‘lsa, keyingi o‘rinlarni Stenford universiteti hamda Massachusets texnologiya instituti o‘zaro bo‘lishib oldi.
Батафсил →
jch

19 ta gol, bir nechta rekord va kutilmagan natijalar: Mundialdagi navbatdagi kun qanday o‘tdi?

2026-yilgi Jahon chempionatida navbatdagi o‘yin kuni muxlislarga haqiqiy futbol shousini taqdim etdi. Bir kecha-kunduz ichida o‘tkazilgan to‘rtta uchrashuvda jami 19 ta gol urildi. Germaniya raqibini ayamay yirik hisobda yutdi, Shvetsiya rekord bilan g‘alaba qozondi, Kot-d’Ivuar esa oxirgi daqiqalarda uch ochkoni ilib ketdi. Niderlandiya va Yaponiya o‘rtasidagi bahs turnirning eng qiziqarli o‘yinlaridan biriga aylandi.
Батафсил →