$
 12126.10
-32.49
 14171.77
-67.15
 159.11
1.23
weather
+26
Кечаси   +14°

Kreditdan himoyalanish “trend”ga aylandi: 2,2 mln kishi o‘ziga kredit olishni taqiqladi

kredit

So‘nggi paytlarda o‘zgalar nomiga ularning ruhsatisiz kredit rasmiylashtirish holatlari oshib bormoqda. Ushbu holatlarning oldini olish maqsadida O‘zbekistonda “kreditga taqiq” xizmati joriy qilindi. Hozirda mazkur xizmat tezdq ommalashib, undan foydalanayotgan odamlar soni 2 milliondan oshdi.

Xo‘sh, “kreditga taqiq” xizmatidan foylanayotganlarning necha foizini ayollar tashkil qilmoqda?  

Millionlab odamlar kreditdan o‘zini “yopib qo‘ydi”

2026-yil 1-aprel holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda 2 million 207 ming 753 nafar fuqaro “kreditga taqiq” xizmatiga ulangan. Ularning 1 million 283 ming 506 nafari erkaklar bo‘lib, bu 58 foizni tashkil etadi. Qolgan 42 foizi ya’ni 924 ming 247 nafari esa ayollar.

Yoshlar bu xizmatdan eng ko‘p foydalanayotgan qatlam hisoblanadi. Eng katta 31 foiz ulush 18–25 yoshdagilarga to‘g‘ri keladi. Undan keyin 26 yoshgacha bo‘lganlar va 36–45 yoshdagilar har biri 24 foizdan, 46–55 yoshdagilar 12 foiz, 56 yoshdan kattalar esa 9 foizni tashkil qiladi.

Bu xizmatning tez ommalashgani ham diqqatga sazovor. 2025-yil 1-iyulda atigi 33 ming kishi foydalangan bo‘lsa, 1-oktyabrda bu ko‘rsatkich 149 mingga, 2026-yil 1-yanvarda 438 mingga yetgan. Oradan uch oy o‘tib, 1-aprelga kelib esa 2,2 milliondan oshib ketgan.

“Kreditga taqiq” aslida nima?

Bu xizmat orqali odam o‘z nomiga kredit, mikroqarz yoki kredit karta rasmiylashtirilishini ixtiyoriy ravishda taqiqlaydi. Ya’ni, kimdir sizning xabaringizsiz kredit olishga urinsa, tizim bunga yo‘l qo‘ymaydi.

Bu tizim 6-iyundan boshlab ishga tushirilgan va maxsus reyestr orqali ishlaydi. Unda sizning ma’lumotlaringiz kiritiladi va siz bilan kredit shartnomasi tuzish bloklanadi. Eng qulay tomoni — xizmat bepul, uni xohlagancha yoqib-o‘chirish mumkin.

Qanday qilib taqiq qo‘yiladi va bu qanchalik muhim?

Bu xizmatdan foydalanish juda oson. Uni mobil ilova orqali, kredit byurosi sayti yoki call-markazi orqali, Yagona davlat xizmatlari portali orqali yoki davlat xizmatlari markaziga borib yoqish yoki o‘chirish mumkin.

Ushbu tizim bejizga joriy etilmagan. So‘nggi 5 yil ichida kiberjinoyatlar orqali 1,9 trillion so‘mdan ortiq pul o‘g‘irlangan va shuning 4 foizi odamlarning nomiga yashirincha kredit rasmiylashtirish bilan bog‘liq bo‘lgan. Endi esa yangi tartibga ko‘ra, agar firibgarlar kimningdir nomiga onlayn kredit olsa, jabrlanuvchidan foizlar, jarimalar va boshqa to‘lovlar undirilmaydi. Agar pul undirib olingan bo‘lsa, sud qarori asosida u qaytarib beriladi.

Теги :
Jamiyat