$
 12015.96
-26.53
 14051.46
-96.06
 160.30
-0.25
weather
+26
Кечаси   +14°
dollar

Dollarning qadri tushyapti: Dunyo valyutalari esa rekord darajada mustahkamlanmoqda

So‘nggi paytlarda dunyoning ayrim valyutalari AQSh dollariga nisbatan sezilarli darajada mustahkamlandi. Ba’zilari hatto ikki xonali foizlarda o‘sishga erishdi. Bunga kapital oqimlarining o‘zgarishi, pul-kredit siyosati bo‘yicha yangi kutilmalar va ayrim mamlakatlar iqtisodiyotidagi ijobiy o‘zgarishlar sabab bo‘lmoqda. Biroq hamma valyutalarda ham ko‘rsatkichlar bir xil emas. Xo‘sh, qaysi davlatlarning valyutalari dollarga nisbatan mustahkamlanib bormoqda? Buning sababi nima?
Батафсил →
atom

Dunyo atomdan vos kechyapti: Bunga nima sabab bo‘lmoqda?

So‘nggi yillarda dunyoda elektr energiyasiga bo‘lgan talab keskin oshib bormoqda. Sun’iy intellektning rivojlanishi, ishlab chiqarishning kengayishi va elektr texnologiyalarining ko‘payishi ko‘plab davlatlarni yangi energiya manbalarini izlashga majbur qilmoqda. Shu sababli atom energetikasi yana “yangi oltin davr” sari qaytayotgani haqida gaplar ko‘paymoqda. Xo‘sh, qaysi davlatlar eng ko‘p atom stansiyalarini yopgan?
Батафсил →
akkaunt

Internetdagi “soxta auditoriya”: Bu jarayonda O‘zbekiston qanday rol o‘ynayapti?

Bugun ijtimoiy tarmoqlarda minglab layk, obunachi yoki izohlarni ko‘ramiz. Ammo ularning hammasi ham haqiqiy odamlar emas. So‘nggi tadqiqotlarga ko‘ra, internetda feyk akkaunt yaratish alohida biznesga aylanib ulgurgan. Kembrij universiteti olimlari bu bozor qanday ishlashini o‘rganib, ayrim mamlakatlarda bunday xizmatlar qanchalik arzonligini ham tahlil qilgan. Qizig‘i bu jarayonda O‘zbekiston ham tilga olinmoqda. Xo‘sh, nega aynan bizning raqamlar orqali feyk akkaunt yaratish osonroq?
Батафсил →
suv

Dunyo suv inqirozi yoqasida: Qaysi davlatlarda eng ko‘p suv tanqisligi kuzatilmoqda?

Bugungi kunda dunyoning ayrim hududlarida suv muammosi tobora kuchayib bormoqda. Ba’zi mamlakatlarda odamlar ishlatayotgan suv miqdori tabiat har yili qayta tiklab bera oladigan suvdan ham ko‘p bo‘lib ketgan. Mutaxassislar buni “suv tanqisligi” deb ataydi. Agar bir davlatda ishlatilayotgan suv tabiat beradigan suvdan 100 foizdan ham ko‘p bo‘lsa, demak u yerda suv yetishmovchiligi boshlanadi. Bunday vaziyatda davlatlar yer osti suvlari yoki dengiz suvini tozalash kabi boshqa usullarga murojaat qilishga majbur bo‘ladi. Xo‘sh, qaysi davlatlar eng ko‘p suv yetishmovchiligidan aziyat chekmoqda?
Батафсил →