$
 12844.21
-11.72
 13508.26
-62.46
 127.35
-0.81
weather
+26
Кечаси   +14°

Prognozlar o‘zini oqlamadi

Seymograf

Niderlandiyalik seysmolog Frank Hugerbitsning seysmik zonalarida 7-8 magnitudali kuchli zilzila bo‘lishi haqidagi prognozi o‘zini oqlamadi. Bu haqda iqlimshunos Erkin Abdulahatov o'z sahifasida ma’lum qildi.

Ekspert izohi

11—13-aprel kunlari dunyo bo‘ylab eng yuqori magnituda zilzila 6 magnitudaga ham yetmadi. Zilzilalarni barvaqt ogohlantirish prognozlash usullaridan biri atmosferadagi tebranishlar bilan bog‘liq o‘zgaruvchilar allaqachon sayyoraga kelayotgan 3 kunlikda (11—13-aprel) kuchli zilzila bo‘lish belgilarini ko‘rsatgan edi, — deydi iqlimshunos.

Oqlanmagan prognoz

Avvalroq 11—13-aprel kunlari sayyoraning seysmik zonalaridan birida 7-8 magnitudadan yuqori kuchli zilzila bo‘lish xavfi e’lon qilingandi. Zilzilalarni barvaqt ogohlantirish prognozlash usullaridan biri atmosferadagi tebranishlar bilan bog‘liq o‘zgaruvchilar allaqachon sayyorda kelayotgan 3 kunlikda (11-13-aprel) kuchli zilzila bo‘lish belgilarini ko‘rsatishi ma'lum qilingandi. Golland seysmologi Frank Hugerbits va uning jamoadoshlari mazkur usuldan foydalanib, 2023-yil Marokash va Turkiyadagi halokatli zilzilalarni oldindan prognoz qila olishgan edi. Ta'kidlash joizki, kuchli zilzila bo‘lishi mumkin bo‘layotgan seysmik zonalar ichida bizning respublikadagi seysmik faol hududlar keltirilmagandi.