$
 12920.00
-11.94
 14102.18
-5.27
 149.52
-0.66
weather
+26
Кечаси   +14°

“Yomon qo’rqdim”: Oʻzbekiston tarixidagi eng kuchli zilzilalar

Zilzila

Toshkent shahri va Andijon viloyati aholisi bugun tongni zilzila bilan qarshi oldi. O‘zbekistonda so‘nggi marta zilzila 2025-yil 25-yanvarda qayd etilgandi. Episentri Buxoro viloyati Jondor tumanida bo‘lgan yer silkinish kuchi Peshku va Qorako‘l tumanida 2 balldan sezilgandi.

Umuman olganda dunyoning turli nuqtalarida tez-tez zilzilalar sodir boʻladi. Maʼlumotlarga koʻra, oxirgi 100 yil ichida zararli oqibatlarsiz oʻtadigan kam magnitudali zilzilalar bilan bir qatorda insoniyat 7 va undan yuqori magnitudali 2 000 ga yaqin kuchli zilzilalarga ham duch kelgan. Xoʻsh, Oʻzbekiston tarixidachi? Aholimiz shu vaqtgacha qanday daxshatli zilzilrni boshdan kechirgan?

60 dan ortiq kuchli zilzila

Mutaxassislar maʼlumotiga koʻra, 1900-yildan shu kunga qadar mamlakatimiz hududida 60 dan ortiq kuchli zilzila sodir boʻlgan. Bu yer silkinishlarining magnitudasi 5 dan yuqori. Quyida ularning ayrimlari haqida maʼlumot berib oʻtamiz.

Andijon zilzilasi

Andijon zilzilasi — O‘rta Osiyoda sodir bo‘lgan kuchli zilzilalardan biri. 1902-yil 2-dekabr (yangi taqvimda 16-dekabr) soat 10:00 da ro‘y bergan. Bu zilziladan Andijon shahri va uning atrofidagi qishloqlar katta talafot ko‘rgan. Yer ketma-ket uch marta silkinib, birinchisi 8—9 ball, 1—1,5 daqiqadan so‘ng ikkinchisi 9 balldan ortiq va yana 30 minut o‘tgach, uchinchisi 8—9 ball bo‘ldi. 

50 ming kishi yashaydigan Andijon shahri bilan atrof qishloqlarda ko‘p joylar vayronaga aylandi. Zilzilada 4 652 kishi nobud bo‘ldi. Zilzila natijasida Andijondan 5–6 chaqirim narigacha bo‘lgan temir yo‘l izlari egilib qoldi. Andijon stansiyasidagi parovoz va poyezd vagonlari izlaridan chetga surib tashlandi. 2-dekabrdan (16-dekabr) so‘ng ham bir necha oy davomida Andijonda yer qimirlab turdi. 

Zilzila oqibatida Andijon va uning atrofida eni 10 santimetrgacha bir necha yoriq paydo bo‘ldi. Ayrim yerlarda yer sathi 70 santimetrgacha cho‘kdi. Andijon zilzilasi Janubiy Farg‘ona fleksurasi — uzilish chizig‘i bo‘ylab sodir bo‘lgan. Zilzila markazi Qorayorda (40,7° shimoliy kenglik 72,2° sharqiy uzunlikda) joylashgan.

Toshkent zilzilasi

1966-yil 26-aprel tonggi 5:23 da Toshkent shahrida episentrdagi yer yuzasida seysmik ta’siri 8 balldan ortiq dahshatli zilzila ro‘y beradi. 10—12 soniya davom etgan zilzila talafot maydoni 10 kilometrga yetgan. Bu shaharni to‘liq yo‘q qilib yubormagan. Uylar yorilgan, o‘nlab jamoat binolari qulab tushgan. 300 mingdan ortiq aholi boshpanasiz qoladi.

Toshkent zilzilasida 200 ming kishi jarohat olgani aytiladi. Biroq qurbonlar soni rasman haligacha ochiqlanmaydi.

Gazli zilzilalari

Gazli zilzilalari — 1976-yil 8-aprel va 17-mayda, shuningdek, 1984-yil 20-martda Buxoro viloyatining Gazli shahri yaqinida sodir bo‘lgan bir qator vayronkor yer silkinishlari. Zilzila kuchi Rixter shkalasi bo‘yicha 7 ballni, episentrda esa 8—9 ballni tashkil qilgan. Gazli shahrining yarmi vayron bo‘lgan.

Ikkinchi falokatli zilzila o‘sha yilning 17-may kuni sodir bo‘lgan. Magnitudasi Rixter shkalasi bo‘yicha 7,3 ballni tashkil qilgan. Natijada binolarning 90 foizi qulab, shahar deyarli butunlay vayron bo‘lgan, 20 mingdan ortiq odam jabrlangan.

Gazlida yana bir kuchli zilzila 1984-yilning 20-mart kuni sodir bo‘lgan. Magnitudasi — 7,2. Avvalgi zilzilalardan qayta oyoqqa turayotgan shaharda yana bir bor ko‘plab binolar va inshootlar vayron bo‘lgan. Hozirgi kunda ham Gazlida turli magnitudali zilzilalar bo‘lib turadi.

Soʻngi oʻn yillikdagi zilzilalar

Soʻnggi 10 yil mobaynida esa respublikamizda jami olti marotaba 6—8 balli zilzilalar sodir boʻlgan, natijada qurbonlar soni 16 kishini, jabrlanganlar esa 54 nafarni tashkil qilgan. Talofatdan koʻrilgan zarar miqdori 84 mlrd. soʻmni tashkil etadi.

6−8 balli zilzilalar:

  • Kon zilzilasi — 2011- yil (8 ball);
  • Tuyabo‘g‘iz zilzilasi — 2013- yil (7 ball);
  • Marjonbuloq zilzilasi — 2013- yil (8 ball);
  • Kitob va Baxmal zilzilalari — 2016−2017- yillar (7 ball);
  • Boysun zilzilasi — 2022 -yil (6 ball).

Diqqat zilzila! Nima qilish kerak?

Bugun kuzatilgan zilzila ko‘pchilikni shoshirib, esankiratib qo‘ygani aniq. Zilzila vaqtida har qanday odam sarosimiga tushib, o‘zini-o‘zi boshqara olmay qolishi turgan gap. Ko‘pchiligimiz bunday hollarda nima qilishni, zilzila vaqtida qanday qilib jon saqlashimiz mumkinligini bilmaymiz ham. Mutaxassislarning tavsiyalariga quloq tutsangiz, tabiiy ofatlar vaqtida hayotingiz xavfsizligini ta’minlagan bo‘lasiz. Eng muhimi har qanday vaziyatda ham inson o‘zini ongli ravishda boshqara olishi, og‘ir va vazmin bo‘lishi lozim. Quyidagi eslatmalar esa sizga as qotishi aniq.

Xonaning ichida bo‘lganda:

1. Ko‘p qavatli uyning birinchi qavatida, xom g‘ishtli, pishgan g‘ishtli yoki paxsa devorli shaxsiy uylarda yashasangiz, yer qimirlash boshlanishi bilan 15-20 soniya ichida darhol uyning ichidan tashqariga chiqib keting va elektr simlari, gaz quvurlari va baland imoratlar tagidan uzoqroqqa, ochiq joyga o‘ting.

Chiqish yo‘llari, eshiklar odamlar bilan tirband bo‘lib, tashqariga tez chiqishni qiyinlashtiradi. Bunda 1-qavatda yashasangiz, derazadan ham chiqishingiz mumkin.

2. Oilangiz a’zolari va o‘zingiz kvartirangizda, pod’yezdda, uyingizda gaz, elektr, suvni o‘chirish yo‘llarini bilishingiz lozim.

3. Agar xonaning ichida qolsangiz, oldindan belgilab olingan xavfsiz joyga turib oling. Mabodo yuqoridan suvoq parchalari, yoritgich asboblari, oyna siniqlari tushadigan bo‘lsa, stol yoki krovatlar tagiga berkining. Maktab o‘quvchilari partalar tagiga kirib, oynaga teskari o‘girilib, boshlari va yuzlarini qo‘llari bilan berkitib olishlari zarur.

4. Ikkinchi qavatdan yuqorida bo‘lsangiz, hech qachon lift yoki zinapoyalarga qarab yugurmang, chunki ko‘p hollarda yer qimirlash davrida ushbu qurilmalar birinchi navbatda qulaydi. Bunday hollarda uyning eshigini ochib, uning o‘rniga turing. Eshik kesakisi qotib qolsa, xavotir olmang, bu hol imorat devorlarining og‘ishidan bo‘ladi.

5. Har qanday binoning oynaband devorlaridan uzoqroqda, asosiy devori yonida turishga harakat qiling. Oyna to‘siqlardan ehtiyot bo‘ling.

6. Sakrashga majbur bo‘lgan hollarda zinhor yopiq deraza oynasiga qarab sakramang, oynani taburetka yoki yelkangiz bilan sindirib, keyin sakrang.

7. Odamlar bilan gavjum joylarda (do‘kon, kinoteatr, maktab, oliygoh, vokzal) sarosimaga tushmang, binoning asosiy devorlariga, ustunlarga yaqinroq osilib turgan buyumlardan, qandil, shamollatgich, reklama taxtalardan uzoqroq turish kerak.

8. Jarohatlanganda, umuman har qanday xavf bo‘lganda birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish choralarini o‘rganing. Doimo uyingizda dori-darmonlar, birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish qutichasini saqlang.

Ko‘chada harakatlanish:

1. Ko‘p qavatli bino ostida turgan bo‘lsangiz, ochiq joyga chiqishga harakat qiling, chunki bino silkinishi natijasida siniq parchalari ustingizga tushishi mumkin. Elektr simlari tagida ham turmang, uzilib ketishi mumkin. Uzilib ketgan simlardan ehtiyot bo‘ling.

2. Bino bo‘ylab uning tagida yugurmang, binoga kirmang, yuqoridan tushishi mumkin bo‘lgan bo‘laklar hayotingiz uchun xavfli.

3. Yer silkinayotgan vaqtda avtomobilda ketayotgan bo‘lsangiz, yuqori qavatli binolar, elektr simi, tik yonbag‘irlar, ko‘priklar, benzin quyish shoxobchalari, daryo o‘zanidan uzoqroq joylarga borib mashinani asta to‘xtating.

Теги :
Jamiyat